Yo‘nalishli taksilarga maxsus davlat raqamlari beriladi

© Sputnik / StringerMarshrutka v Tashkente
Marshrutka v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu yil yakuniga qadar yo‘nalishli taksilarning maxsus jihozlangan to‘xtash joylari quriladi.

TOShKENT, 24-iyun – Sputnik. Yo‘nalishli taksilar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
Oshayotgan maoshlar, taksi elektron litsenziyasi – 2019-yil 1-apreldan nimalar o‘zgaradi

Hujjat loyihasida yo‘nalishli taksilar uchun yagona tanish belgilari va ularning ishlarini tashkil etishga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizom ilova qilingan.

“2020 yil 1-yanvardan boshlab yagona tanish belgilari bilan jihozlanmagan, tashqi va ichki ma’lumotlarga ega bo‘lmagan yo‘nalishli taksilarga litsenziyalar berilishini taqiqlasin”, - deyilgan hujjatda.

Loyihada qayd etilishia, Ichki ishlar vazirligi yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan yo‘nalishli taksilarga berish uchun I tip – ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining maxsus “YT...” seriyasini ajratish nazarda tutilgan.

Shuningdek, 2020-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda tashuvchilar, mahalliy budjet va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‘lari hisobiga yo‘nalishli taksilarning maxsus jihozlangan to‘xtash joylari quriladi.

Nizomda yo‘nalishli taksilar haydovchilariga qo‘yiladigan talablar bayon etilgan.

“Yo‘lovchilar tashish uchun mo‘ljallangan yo‘nalishli taksilarni boshqarishga haydovchilik guvohnomasida:

yengil turdagi avtotransport vositalarini boshqarish uchun “V” ruxsat belgisi bo‘lgan;

avtobus, mikroavtobus turidagi avtotransport vositalarini boshqarish uchun “D” ruxsat belgisi bo‘lgan;

21 yoshga to‘lgan, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va kamida uch yillik haydovchi stajiga ega bo‘lgan shaxslar qo‘yiladi”, - deb yozilgan loyihada.

Yangiliklar lentasi
0