Moskvada migrantlarni aldab katta pul topayotgan firibgarlar qo‘lga olindi

© Press-slujba OMVD Rossii po g. UssuriyskuPolitseyskie viavili v Ussuriyske fakt fiktivnoy postanovki na migratsionniy uchet inostrannix grajdan
Politseyskie viavili v Ussuriyske fakt fiktivnoy postanovki na migratsionniy uchet inostrannix grajdan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskvada migrantlarni qalbaki registratsiya qilish orqali 10 million rubl daromad olgan firibgarlar guruhi qo‘lga olindi.

TOShKENT, 3-iyul – Sputnik. Moskvada migrantlar uchun qalbaki registratsiya tayyorlash bilan shug‘ullanayotgan 12 kishi qo‘lga olindi, deb xabar qilmoqda Rossiya IIVning rasmiy vakili Irina Volk.

Uning so‘zlariga ko‘ra, firibgarlar soxta internet saytlar orqali migratsiya markazi xodimlari nomidan jismoniy va yuridik shaxslarning arizalarini qabul qilishgan. 

“Qalbaki bildirish blankalari yordamida xorijiy fuqarolarning kirib kelganini ro‘yxatga olib, pul evaziga ularga migratsiya hisobotga qo‘yilgani haqida soxta hujjatlar (registratsiya) berishgan”, - dedi Irina Volk.

Ma’lum bo‘lishicha, jinoyatchilar kuniga 150 ming rublgacha, bir yilda ular 10 million rublgacha daromad olishgan.

Moskva shahar politsiyasi ushbu jinoyatla gumon qilinayotgan fuqarolarning turar joylari va ofislarida tintuv o‘tkazib 3 millionga yaqin pul, 30 ta bank kartalari, qalbaki muhr va shtamplar, 50ta mobil telefon topishgan.

Poluchit patent v Mnogofunksionalnom Migratsionnom Sentre Moskvi v Saxarovo (russkiy yazik)  - Sputnik O‘zbekiston
Soxta registratsiya - Moskvada ishlashni taqiqlaydi

Ayni damda ushbu guruhni tashkil qilgan 2 kishi va guruhning 5 nafar faol a’zosi qo‘lga olingan. Ularga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 159 moddasi (Firibgarlik) bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan. Yana besh nafar jinoyatchi Rossiya hududini tark etmaslish sharti bilan qo‘yib yuborilgan.

Migratsiya qonunchiligi qattiqqo‘llashtirili munosabati bilan, Rossiyada migrantlarni ommaviy ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tashkilotlar mutlaq yo‘q bo‘lib ketmoqda. Shu sababli qonuniy ravishda ro‘yxatdan o‘tishga imkoni bo‘lmagan mehnat migrantlari registratsiya qilishning boshqa yo‘llarini axtarib, firibgarlar “qarmog‘ig‘a ilinmoqda”.

Rossiyaga yangi kelayotgan O‘zbekiston fuqarolari shuni unutmasliklari kerak-ki, bugungi kunda registratsiya faqat tuman politsiyasining migratsiya bo‘limlarida yoki “Moi dokumenti” hujjatlar rasmiylashtirish markazlarida yoki “Rossiya pochtasi” bo‘limlari orqali amalga oshirilishi mumkin. Boshqa hech qanday tashkilot qonuniy registratsiya rasmiylashtira olmaydi.

Bilib yoki bilmagan holda qalbaki registratsiya rasmiylashtirgan xorijiy fuqarolar qonun buzuvchi hisoblanadi. Ularga nisbatan qonuniy choralar qo‘llanilishi mumkin. Ikkinchidan ular  Rossiya hududini tark etishga majbur bo‘ladi. Ayrim hollarda ularning qayta kirishi uchun ta’qiq ham qo‘yilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0