Nogironligi bo‘lgan sayyohlarga alohida e’tibor beriladi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishVelikoreskiy krestniy xod v Kirovskoy oblasti
Velikoreskiy krestniy xod v Kirovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslar sayohatini tashkil qilish uchun pul jamlaydigan maxsus jamg‘arma ish boshladi.

TOShKENT, 9-iyul – Sputnik. O‘zbekistonda “Sayohat barcha uchun” xayriya loyihasi ish boshladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Parkovka dlya invalidov  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda nogiron haydovchilarga yana bir qulaylik yaratildi

Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi tashabbusi bilan boshlangan ushbu loyiha birinchi navbatda nogironligi bo‘lgan shaxslar qulay sayohat qilishi sharoitlar yaratishga qaratilgan bo‘lsa, ikkinchidan - O‘zbekiston turizm infrastrukturasini xorijdan keladigan imkoniyati cheklangan mehmonlar uchun ham tayyorlash bo‘ladi.  

Loyiha doirasida jamoatchilik xayriya mablag‘larini jalb etish maqsadida “Turistlarga xizmat ko‘rsatish markazi” DUK hisob raqami ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi va hisob raqamga kelib tushgan xayriya mablag‘lari quyidagacha taqsimlanadi:

  • 50 foizi – nogironligi bo‘lgan shaxslarning sayohatini tashkil etishga;
  • 25 foizi – joylardagi turizm infratuzilmasi obektlarini nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirishga;
  • 25 foizi – nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga.

Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulayliklar yaratishda O‘zbekiston ushbu sohada dunyoda yetakchi bo‘lgan Yevropa mamlakatlari tajribasini o‘rganadi. 

Ichki turizmni rivojlantirishda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulayliklar yaratish haqida O‘zbekiston prezidentining 5611-sonli qarorida ham aytib o‘tilgan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2019-yilning 1-yanvar holatiga 709 000 nafar nogironligi bo‘lgan kishilar bor. 

Yangiliklar lentasi
0