O‘zbekistonning eng yaxshi rus tili o‘qituvchilari Moskvaga ekskursiyaga keldi

© Russkaya gumanitarnaya missiyaLuchshie uzbekskie pedagogi-rusisti priyexali na ekskursiyu v Moskvu
Luchshie uzbekskie pedagogi-rusisti priyexali na ekskursiyu v Moskvu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘qituvchilar uchun bu sayohat "O‘zbekistonda rus tili - yangi istiqbollar" tanlovidagi g‘alaba uchun mukofot bo‘ldi

TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. O‘zbekistonning eng yaxshi rus tili o‘qituvchilari, Tretyakovka galereyasida o‘tkaziladigan, joriy yilning eng asosiy ko‘rgazmalardan biri bo‘lgan "Ilya Repin" ko‘rgazmasini tomosha qiladilar.

Faxritdin Abduraxmanov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zDJTU dekani O‘zbekistonda rus tili haqida: holat abgor emas, lekin murakkab

"Rus gumanitar missiyasi" matbuot-xizmati xabariga ko‘ra, "O‘zbekistonda rus tili - yangi istiqbollar" tanlovi g‘olibalari Rossiya poytaxtiga sayohatga kelishgan. Ular orasida Andijon shahri, Andijon viloyati Baliqchi tumani, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani, Jizzax viloyati G‘allaorol tumani, Nukus va Amudaryo tumani, Navoiy viloyati Xatirchi tumani, shuningdek, Toshkent viloyati Zangiota va Angren tumanlari vakillari bor.

Pedagoglar Moskvadagi diqqatga sazovor joylarni tomosha qiladilar, Tretyakovka galereyasida Ilya Repin asarlari ko‘rgazmasida bo‘ladilar, "Sovremennik" teatrida "Uch opa-singil" ("Tri sestri") spektaklini tomosha qilib, Arbatdagi A.S.Pushkin uy-muzeyini, M.Yu.Lermontov uy-muzeyini va N.V.Gogol muzeyini ziyorat qiladilar.

© Russkaya gumanitarnaya missiyaLuchshie uzbekskie pedagogi-rusisti priyexali na ekskursiyu v Moskvu
O‘zbekistonning eng yaxshi rus tili o‘qituvchilari Moskvaga ekskursiyaga keldi - Sputnik O‘zbekiston
Luchshie uzbekskie pedagogi-rusisti priyexali na ekskursiyu v Moskvu

Eslatib o‘tamiz, "O‘zbekistonda rus tili - yangi istiqbollar" tanlovi 1-dekabrdan 10-iyunga qadar o‘tkazilgan, unda O‘zbekistondagi umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritadigan rus tili va adabiyoti o‘qituvchilari ishtirok etgan edilar.

Yangiliklar lentasi
0