Beshinchi avgust kungi test natijalari e’lon qilindi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishRabota priyemnoy komissii MFTI
Rabota priyemnoy komissii MFTI - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 21 nafar abituriyent hududga kirish joyida, 37 nafar binoda qoidani buzganligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.

TOShKENT, 7 avg – Sputnik. Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining sakkizinchi kuni- 5-avgust natijalari e’lon qilindi.

Test sinovlari shaxsni identifikatsiyalash vositalari, videofiksatsiya hamda doimiy videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan 66 ta katta sig‘imli binoda “Matematika”, “Fizika”, “Ona tili va adabiyoti”, “Chet tili”, “Kimyo”, “Biologiya” va “Tarix” fanlari bo‘yicha o‘tkazildi.

Test sinovlarida ikki smenada jami 71 ming 340 nafar abituriyent ishtirok etishi belgilangan edi. Shundan, 69 ming 620 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

Test sinovlariga 1 662 nafar abituriyent kelmadi.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 21 nafar abituriyent hududga kirish joyida, 37 nafar binoda qoidani buzganligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.

DTM xabariga ko‘ra, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha eng yuqori ballar:

Kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:

  • Toshkent moliya institutining 5230600 – Moliya ta’lim yo‘nalishi – 189,0 ball;

Sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha:

  • Toshkent davlat agrar universitetining 5410300 – O‘simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi – 146,3 ball;

Kechki ta’lim shakli bo‘yicha:

  • Namangan davlat universitetining 5111306 – Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti o‘zga tilli guruhlarda ta’lim yo‘nalishi – 130,6 ball.

Test topshirganlar o‘z ballarini cabinet.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetlariga kirib tekshirib olishlari mumkin. Buning uchun pasport seriyasi yoki ID kodni kiritish kifoya.

Yangiliklar lentasi
0