O‘zbekiston taksi xizmati bozorini tubdan o‘zgartirmoqchi

© Sputnik / Artem Jitenev / Mediabankka o‘tishTaksi
Taksi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ideal taksi xizmati qanday bo‘lishi kerak? Bu haqda Hukumat qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Fuqarolar o‘z fikr-mulohazalarini bildirishlari mumkin.

TOShKENT, 9 avg - Sputnik. Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasi hududida taksi xizmatini ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida"gi qarori loyihasi keng muhokamaga qo‘yildi.

Avtomobili Damas - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda noqonuniy taksichilarga qarshi kurashuvchi inspektorlar paydo bo‘lishi mumkin

Qaror loyihasida taksilarning tashqi ko‘rinishi qanday bo‘lishi kerakligi, ularni tanishtiruvchi belgilar hamda qanday qo‘shimcha axborotlar bilan ta’minlanishi lozimligi ko‘rsatilgan.

Muhokamadagi qaror loyihasida shuningdek, haydovchilarga aniq talablar qo‘yilgan. Xususan, taksi haydovchisi bo‘lishni istaganlar 21 yoshga to‘lgan, yengil turdagi avtotransport vositalarini boshqarish uchun "V" toifa ruxsatnomasiga ega, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va shu sohada kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lishi kerak.

Loyihada yo‘lovchilarga tashish xizmatini ko‘rsatishga qaratilgan soliqni ham qayta ko‘rib chiqish,  xususan, buyurtmaning 4 foizini soliq sifatida to‘lash taklif etilgan. 

Taksi transportining kelajagiga befarq bo‘lmagan fuqarolar ushbu loyiha bilan tanishib chiqish va muhokama jarayonida faol ishtirok etishlari mumkin.

Muhokama 16-avgustga qadar davom etadi. Buning uchun ID.GOV.UZ saytida ro‘yxatdan o‘tish kifoya.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Toshkent xalqaro aeroporti hududida amaldagidan uch barobar oshiq narx belgilagan taksi haydovchilariga nisbatan chora ko‘rila boshlagani haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0