O‘zbekistonda yana 2ta yangi agentlik tashkil etildi

© Sputnik / Sergey Subbotin / Mediabankka o‘tishPortfeli
Portfeli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish hamda Sanitariya Epidemiologik osoyishtalik agentliklari tashkil etildi.

TOShKENT, 10 sen – Sputnik. Shu kunlarda O‘zbekistonda yana ikkita agentlik tashkil etildi, deb xabar qilmoqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot telegram kanali.

1.Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligini

O‘zbekiston prezidetnining 9-sentabrda imzolangan 4444-sonli qaroriga asosan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligini tashkil etildi.

Qarorda aytilishiga ko‘ra quyidagi maktablar ushbu agentlikning idoraviy bo‘ysunuviga o‘tkazildi:

  • Prezident maktablari;
  • Ijod maktablari;
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab;
  • Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati;
  • Abu Ali Ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati;

Agentlikning asosiy vazifalari deb prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda yoshlarni aniqlash, tanlash, o‘qitish va tarbiyalash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi va davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash – belgilangan.

2.Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi

Prezidentning 9-sentabr kuni imzolangan 5814-sonli farmoniga asosan O‘zbekistonda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tashkil etildi.

Farmonda aytilishiga ko‘ra, yangi Agentlik Sog‘liqni saqlash vazirligining sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati tashkilotlari va ularning hududiy bo‘linmalari  negizida tashkil etiladi.

Agentlikning asosiy vazifasi - aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasida yagona davlat siyosatini olib borishdir. Agentlik direktori esa bir vaqtning o‘zida Bosh davlat sanitariya vrachi hisoblanadi.

Shuningdek, Davlat inspeksiyasi va Agentlik huzurida yuridik shaxs tashkil etmasdan budjetdan tashqari moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armalari tashkil etildi, deyilgan qarorda.

Yangiliklar lentasi
0