Yangi qaror: paxta hosilini terish uchun narxlar belgilandi

© SputnikKupuri nominalom patdesat tisach sumov
Kupuri nominalom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi.

TOShKENT, 10 sen – Sputnik. 2019-yil paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi.

Sborshitsa xlopka  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda qo‘lda terilgan bir kilo paxta uchun 800 so‘mdan to‘lash rejalashtirilmoqda

Qaror ko‘ra:

- mashinada terilgan 1 t paxta uchun – 600 000 so‘m xizmat haqi;

- qo‘lda terilgan 1 kg paxta uchun birinchi terimda –  800 so‘mdan, ikkinchi terimda – 1200 so‘mdan;

- mavsum mobaynida terim otradi rahbarlariga har oyda 2 mln so‘mdan, terim markazlari rahbarlariga 3 mln so‘mdan mehnat haqi to‘lanadi.

Shuningdek, paxta to‘qimachilik ishlab chiqarish tashkilotlariga va klasterlarga paxtani terib olish uchun banklar tomonidan yillik 16 foiz stavkada kredit ajratiladi.

Bundan tashqari, qarorga ko‘ra 2019-yil hosilini qisqa muddatda yig‘ib olish, terimchilar bilan o‘z muddatida hisob-kitob qilish uchun Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga 2020-yilda qaytarish sharti bilan foizsiz ssuda ajratiladi.

Yangiliklar lentasi
0