Toshkentda Said-Abdulaziz Yusupov ishi bo‘yicha sud boshlandi

© YouTubeGlava fonda podderjki SMI zaderjan v Uzbekistane za moshennichestvo
Glava fonda podderjki SMI zaderjan v Uzbekistane za moshennichestvo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Said-Abdulaziz Yusupov JKning 4ta bandi bo‘yicha - firibgarlik, talon-taroj qilish va pora berishda ishtirok etishda ayblanmoqda.

TOShKENT, 10 sen - Sputnik. Toshkent shahri Yanshobod tuman sudida Said-Abdulaziz Yusupov ishi bo‘yicha yopiq sud majlisi boshlandi, deb xabar qilmoqda Uznews Oliy sud xabariga asosan.

Eslatib o‘tamiz, S.Yusupov 2019-yilning may oyida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bo‘yicha (Juda ko‘p miqdorda firibgarlik qilish) ayblanib hibsga olingan edi.

Ayni damda Yusupov JKning 167 moddasi (Mulkni talon-taroj qilish), 28, 211 moddalar (pora berishda ishtirok etish) kabi jinoyatlarni sodir etishda ham aybilanmoqda.

Ma’lumot uchun hibsga olinguniga qadar S.Yusupov mustaqil OAVlarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan edi.

Yangiliklar lentasi
0