Sirdaryoda paxta teruvchilar uchun "Hasharchilar shaharchasi" tashkil etildi

© Ministerstvo truda Respubliki UzbekistanPalatochniy gorodok dlya sborshikov xlopka v Sirdarye
Palatochniy gorodok dlya sborshikov xlopka v Sirdarye - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2019 yilgi terim mavsumida Sirdaryoda 90ta hasharchilar shaharchalari quriladi. Keyingi yildan boshqa viloyatlarda ham shunday shaharlar barpo etilishi mumkin.

TOShKENT, 11 sen – Sputnik. Sirdaryoda paxta teruvchilar uchun hasharchilar shaharchasi qurildi, deb xabar qilmoqda Mehnat vazirligi matbuot xizmati.

© Ministerstvo truda Respubliki UzbekistanHasharchilar shaharchasi
Sirdaryoda paxta teruvchilar uchun Hasharchilar shaharchasi tashkil etildi - Sputnik O‘zbekiston
Hasharchilar shaharchasi

Hasharchilar shaharchasi yoki eksperimental namunadagi dala markazi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-avgustdagi qaroriga asosan Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida tashkil etilgan.

© MintrudaHasharchilar shaharchasi
Sirdaryoda paxta teruvchilar uchun Hasharchilar shaharchasi tashkil etildi - Sputnik O‘zbekiston
Hasharchilar shaharchasi

Shaharchada paxta terimiga jalb etilgan hasharchilar yashashi va hordiq chiqarishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Xususan u yerda yotoqxona, dam olish xonasi, ovqatlanish uchun stol stullar, tibbiyot xonasi, issiq suvli dush, hojatxona va boshqa sharoitlar mavjud. Shaharcha 400 kishiga mo‘ljallangan.

© MintrudaHasharchilar shaharchasi
Sirdaryoda paxta teruvchilar uchun Hasharchilar shaharchasi tashkil etildi - Sputnik O‘zbekiston
Hasharchilar shaharchasi

2019 yilgi terim mavsumida hasharchilar shaharchalari faqat Sirdaryo viloyati bo‘ylab tashkil qilinadi. Umumiy hisobda 90ta ana shunday shaharcha tashkil qilish rejalashtirilgan. Keyingi yildan boshqa viloyatlarda ham shunday shaharlar barpo etilishi mumkin, deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0