Sirdaryoda Malayziya bilan hamkorlikda tadbirkorlik universiteti ochiladi

CC0 / pixabay / Biznes-ledi. Illyustrativnoe foto
Biznes-ledi. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Malayziya “Binary” universiteti bilan O‘zbekiston xalqaro tadbirkorlik va menejment universitetini tashkil etish bo‘yicha taklif tayyorlangan.

TOShKENT, 11 sen – Sputnik. “Sirdaryo viloyatida “Binary” xalqaro tadbirkorlik va menejment Universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yildi.

Studenti v auditorii - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda yana bir xorijiy universitet tashkil etiladi

 “Guliston shahrida Malayziyaning “Binary” Universiteti bilan hamkorlikda  O‘zbekiston xalqaro “Binary” tadbirkorlik va menejment universitetini  tashkil etish bo‘yicha takliflariga rozilik berilsin”, - deyilgan hujjatda.

Universitetning asosiy vazifalari:

- iqtisodiyot tarmoqlarining real ehtiyojni hamda amalga oshirilayotgan maqsadli rivojlantirish dasturlarini hisobga olgan holda chuqur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlash;

- xorijiy mutaxassislarni, shuningdek xorijda faoliyat yuritayotgan vatandorshlarimizni jalb etgan holda tadbirkorlik sohasida faoliyat yurituvchi yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot muasasalari bilan kooperatsion aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda o‘zaro malaka almashinuvini yo‘lga qo‘yish;

- respublika hududlarida, xususan Sirdaryo viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha mavjud tizimli muammolarni fundamental ilmiy-tadqiqotlar asosida o‘rganish va tegishli yechimlar ishlab chiqish, hududlarning iqtisodiy salohiyatlarini o‘rgangan holda ilg‘or xorijiy tajriba asosida yangi tadbirkorlik yo‘nalishlarini tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Studenti MISiS - Sputnik O‘zbekiston
Prezident farmoni: texnikumlarni tugatganlar oliygohga imtihonlarsiz kiradi

Universitetning umumiy faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Universitet ta’lim jarayonini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda xorijiy tajriba asosida ishlab chiqilgan malaka talablari, o‘quv reja va fan dasturlari asosida amalga oshiradi;

Universitetda o‘qitish O‘zbekistonda amaldagi mavjud ta’lim shakllari hamda o‘zbek, rus va ingliz tillarida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

“bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul parametrlari respublika mehnat bozori ehtiyojlari hamda Universitetning moddiy-texnik imkoniyatidan kelib chiqqan holda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi;

Universitetda ta’lim faoliyati 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab yo‘lga qo‘yiladi”, - deyilgan loyihada.

Qaror loyihasida aytilishicha, universitetni moliyalashtirish talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar, xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan olinadigan daromadlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, tegishli shartnomalar asosida manfaatdor tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan grantlar, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0