O‘zbekistonda Rossiyaning yangi oliygohi ochilishi kutilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVoronov Vladimir
Voronov Vladimir - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sankt-Peterburg Tog‘-kon universiteti Oliygohgacha va maxsus dasturlar markazi direktori, universitet qabul komissiyasining mas’ul kotibi Vladimir Voronov geologiya sohasida kadrlarni tayyorlash yuzasidan o‘zbek hamkasblari bilan hamkorligi yuzasidan ma’lumot berdi.

Toshkentda 26-28 sentabr kunlari "Rossiyada ta’lim" ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir doirasida RF oliygohlari vakillari o‘zlarining o‘quv dasturlarini taqdim etib, turli soha mutaxassislarini tayyorlashda mavjud ochiq yo‘nalishlar to‘g‘risida ma’lumot bermoqdalar.

Studenti MISiS - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Rossiya oliygohlari soni 10taga yetdi

Sankt-Peterburg Tog‘-kon universiteti Oliygohgacha va maxsus dasturlar markazi direktori Vladimir Voronovni ta’kidlashicha, Rossiyaning eng keksa texnik oliygohi O‘zbekiston bilan anchadan beri, yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda hamda so‘nggi yillarda bu sohada respublika uchun yuqori malakali mutahassislarni tayyorlab kelmoqda.

“Turli kurslarda va mutaxassisliklar bo‘yicha bizda hozirda O‘zbekistondan 60 ga yaqin talabalar tahsil olmoqda. Qolaversa, respublikada Tog‘-kon universiteti filialini ochish borasida yangi kelishuvlar va rejalar mavjud. Joriy yil O‘zbekiston Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan bizga 17 ta talaba o‘qishga yuborildi”, - dedi Voronov.

Uning so‘zlariga qaraganda, o‘zbekistonlik yoshlar ushbu universitetga, o‘qishni bitirganliklaridan so‘ng mamlakatiga qaytib, muayan muddat davomida ishlab berishlarini talab qiluvchi - hukumatlararo dasturlar va vazirliklar yo‘nalishlari asosidagina qabul qilinayotganliklari yo‘q, ular o‘qishga, shu jumladan, mavjud kvotalarga mustaqil ravishda kirmoqdalar. Ularning orasida rossiyalik talabalar bilan teng ravishda budjetga kirganlari ham bor.

"Bizda bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash ko‘rsatkichlari mamlakat bo‘yicha eng yuqori - bitiruvchilarning 90%idan ortig‘i mutaxassisligi bo‘yicha faoliyat yuritadi", - deb xotima qildi oliy o‘quv yurti vakili.

Ekspertning izohini to‘liq quyidagi podkastda rus tilida tinglashingiz mumkin.

Voronov: Gorniy universitet nameren otkrit predstavitelstvo v Uzbekistane
Yangiliklar lentasi
0