Qo‘qonda har ikki yilda bir marta Xalqaro hunarmandchilik festivali o‘tkaziladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovFestival narodno-prikladnogo iskusstva v Kokande
Festival narodno-prikladnogo iskusstva v Kokande - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Festivalning asosiy vazifalaridan biri hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, boy madaniy merosni dunyo hamjamiyati o‘rtasida targ‘ib etishdan iborat.

TOShKENT, 4 okt - Sputnik. Xalqaro hunarmandchilik festivalini o‘tkazib borishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekiston prezidenti farmoni qabul qilindi.

Festival Xunarmand - Sputnik O‘zbekiston
Qo‘li gul hunarmandlar: Qo‘qondagi festivalning eng sara suratlari

Farmonga muvofiq, har 2-yilda bir marta sentabr oyida Qo‘qon shahrida Xalqaro hunarmandchilik festivali o‘tkaziladi.

Shuningdek, festival doirasida “Hunarmandchilik va xalq amaliy san’atini rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya ham o‘tkaziladi.

Festivalning asosiy vazifalaridan biri hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, boy madaniy merosni dunyo hamjamiyati o‘rtasida targ‘ib etishdan iborat.

Yangiliklar lentasi
0