Milliy universitet va SamDU dunyoning eng nufuzli 500ta OTMlari ro‘yxatiga kiritiladi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishZdanie Natsionalnogo universiteta Uzbekistana imeni Mirzo Ulugbeka v Tashkente.
Zdanie Natsionalnogo universiteta Uzbekistana imeni Mirzo Ulugbeka v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2030-yilga qadar 10ta OTM dunyoning eng nufuzli 1000ta oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritiladi.

TOShKENT, 9 okt – Sputnik. O‘zbekiston 10dan ortiq OTMlari dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritiladi.

Bu haqida Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonida aytib o‘tilgan.

Vruchenie diplomov s otlichiyem vipusknikam MGU im. M.V.Lomonosova - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston OTM diplomlari Rossiyada tan olinadi

Respublikadagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar - Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities reytingining birinchi 1 000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga, shu jumladan, O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish – ushbu qarmonda belgilangan vazifalar qatoridan o‘rin olgan.

Undan tashqari prezident farmonida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi negizida - Oliy ta’lim kengashi tashkil qilish haqida aytib o‘tilgan.

Ushbu kengashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan: professor-o‘qituvchilar, talabalar o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazish, jamoatchilik va ish beruvchilarning fikrini o‘rganish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni tahlil qilish orqali oliy ta’lim sifatini oshirish, o‘quv dasturlarini takomillashtirish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish.

Prezident farmonining to‘liq matni bilan quyida tanishing.

Yangiliklar lentasi
0