O‘zbekistonda eng yuqori ish haqi kimga to‘lanadi

© Sputnik / Aleksey Nichukin / Mediabankka o‘tishRabota za kompyuterom
Rabota za kompyuterom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda ushbu soha mutaxassislarga 5000 dollargacha ish haqi taklif qilinmoqda va bu eng yuqori sanaladi.

TOShKENT, 9 okt – Sputnik. Toshkent shahridagi eng yuqori ish haqi Axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassislarga — dasturchilar, ishlab chiquvchilar va WEB muhandislariga taklif etilmoqda, deb yozmoqda Spot.uz.

Qayd etilishicha, sentabr oyida O‘zbekistonda sohasidagi mutaxassislarga 5000 dollargacha maosh taklif qilingan.

ASP.NET dasturchisiga 1 000 $dan 2 000 $gacha, Java (back-end) dasturchisiga 1 000 $dan 2 000 $gacha, Team Lead  - 2 000 $dan, Lead Java Developer – 2 000 $dan 3 000 $gacha, Data Design Lead - 2 000 $dan 5 000 $gacha miqdorda ish haqi taklif qilinmoqda.

Nashr ma’lumotlariga qaraganda, shunga qaramasdan, O‘zbekiston bozorida bunday mutaxassislarni topish juda qiyin va bu vazifa yil sayin murakkablashmoqda. Qolaversa, bunday mutaxassislarga chet elda ko‘proq pul to‘lashga tayyorlar.

Yangiliklar lentasi
0