Mirziyoyev Tashkent City᾽da qurib bitkazilgan ilk inshootlarni borib ko‘rdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaStroitelstvo kongress-xolla i otelya "Hilton" - pervix obyektov mejdunarodnogo delovogo sentra Tashkent City - zaversheno.
Stroitelstvo kongress-xolla i otelya Hilton - pervix obyektov mejdunarodnogo delovogo sentra Tashkent City - zaversheno. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashkent City xalqaro biznes markazining ilk obyektlari - Kongress xoll va «Hilton» mehmonxonasi qurib bitkazildi.

TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Tashkent City xalqaro biznes markazining ilk obyektlari - Kongress xoll va “Hilton” mehmonxonasi qurib bitkazildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-oktabr kuni ushbu inshootlarni kelib ko‘rdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Kongress xollning umumiy maydoni 43 ming kvadrat metr bo‘lib, unda yirik xalqaro anjumanlar, oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazish uchun barcha sharoit yaratilgan. Birinchi qavat markazida 3,5 ming ishtirokchiga mo‘ljallangan konferensiyalar zali bor. Zaruratga qarab, u ikki yoki to‘rtga bo‘linishi ham mumkin.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaKongress xollning umumiy maydoni 43 ming kvadrat metr bo‘lib, unda yirik xalqaro anjumanlar, oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazish uchun barcha sharoit yaratilgan.
Mirziyoyev Tashkent City᾽da qurib bitkazilgan ilk inshootlarni borib ko‘rdi - Sputnik O‘zbekiston
Kongress xollning umumiy maydoni 43 ming kvadrat metr bo‘lib, unda yirik xalqaro anjumanlar, oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazish uchun barcha sharoit yaratilgan.

Xalqaro sammitlar vaqtida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish uchun xonalar, restoran, kichik konsert zali, dam olish joylari mehmonlarga keng qulaylik yaratadi. Ikkinchi qavatda qo‘shimcha zallar joylashgan.

© Press-slujba prezidentaTashkent City xalqaro biznes markazining ilk obyektlari - Kongress xoll va “Hilton” mehmonxonasi qurib bitkazildi.
Mirziyoyev Tashkent City᾽da qurib bitkazilgan ilk inshootlarni borib ko‘rdi - Sputnik O‘zbekiston
Tashkent City xalqaro biznes markazining ilk obyektlari - Kongress xoll va “Hilton” mehmonxonasi qurib bitkazildi.

Davlat rahbari Kongress xollning har bir zalini kirib ko‘rdi.

Besh yulduzli “Hilton” mehmonxonasi nafaqat ushbu markaz, balki butun poytaxtga ko‘rk bo‘ldi. 21 qavatli binoda 258 ta nomer mavjud. Shulardan 8 tasi davlat rahbarlari uchun mo‘ljallangan. Pardozlash va jihozlashda issiq ranglar ko‘p qo‘llanilgani kishiga xush kayfiyat bag‘ishlaydi. Barcha zamonaviy mehmonxonalarda bo‘lganidek, mehmonxonada bir nechta restoran, basseyn, sport zal, spa va boshqa salonlar bor. Xizmatlar turi ko‘p, sifati yuqori darajada.

© Press-slujba prezidentaBesh yulduzli “Hilton” mehmonxonasi nafaqat ushbu markaz, balki butun poytaxtga ko‘rk bo‘ldi
Mirziyoyev Tashkent City᾽da qurib bitkazilgan ilk inshootlarni borib ko‘rdi - Sputnik O‘zbekiston
Besh yulduzli “Hilton” mehmonxonasi nafaqat ushbu markaz, balki butun poytaxtga ko‘rk bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev mehmonxonada yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, hudud markazidagi xiyobonni ko‘zdan kechirdi.

Yangiliklar lentasi
0