IIV ichki ishlar xodimi kaltaklanishi haqidagi videoga izoh berdi

© uznews.uzShevron sotrudnika Ministerstva vnutrennix del Uzbekistana
Shevron sotrudnika Ministerstva vnutrennix del Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
IIV fuqarolarni organ xodimlarini obro‘sizlantirishga qaratilgan videotasvirlarni tarqatish - javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirdi.

TOShKENT, 16 okt - Sputnik. Ichki ishlar vazirligi kecha, 15-oktabr kuni, ijtimoiy tarmoqlarda  tarqalgan, ichki ishlar xodimiga bir guruh shaxslar tomonidan tan jarohati yetkazilayotgani aks etgan videoga izoh berdi.   

- Ma’lum qilamizki, mazkur holat 2018-yilning avgust oylarida Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanidagi “Sharilloq” mahallasi hududida sodir etilgan bo‘lib, voqea tavsilotiga ko‘ra, hududning profilaktika inspektori, jamoat tartibini buzayotgan mast holdagi uch nafar fuqaroni tinchlantirish jarayonida, shu atrofda bo‘lgan ayrim shaxslar tomonidan faol qarshilikka uchragan va unga nisbatan bir guruh fuqarolar tomonidan tan jarohati yetkazilgan. Huquqbuzarlik sodir etgan barcha shaxslarga nisbatan, o‘rnatilgan tartibda qat’iy qonuniy choralar ko‘rilgan, - deyilgan xabarda. 

Shu bilan birga, IIV fuqarolardan IIV xodimlarini obro‘sizlantirishga qaratilgan videotasvirlarni tarqatishdan o‘zlarini tiyishlarini, ushbu harakatlar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirdi.

Yangiliklar lentasi
0