Saylov bulleteni qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi – Adliya vazirligi

© Sputnik / Valeriy MelnikovJenshina golosuyet na izbiratelnom uchastke
Jenshina golosuyet na izbiratelnom uchastke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi saylov bulleteniga uning tug‘ilgan yili, egallab turgan lavozimi (mashg‘ulotining turi), ish joyi va uni nomzod etib ko‘rsatgan siyosiy partiya ko‘rsatilgan holda alifbo tartibida kiritiladi.

TOShKENT, 22 okt – Sputnik. Qonunchilik palatasi deputatlari sayloviga doir saylov bulletenining shakli va matni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan, mahalliy Kengashlar sayloviga doir saylov bulleteni shakli va matni esa viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalari tomonidan tasdiqlanadi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qilmoqda.

Nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi saylov bulleteniga uning tug‘ilgan yili, egallab turgan lavozimi (mashg‘ulotining turi), ish joyi va uni nomzod etib ko‘rsatgan siyosiy partiya ko‘rsatilgan holda alifbo tartibida kiritiladi.

Saylov bulletenida uni to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi tushuntirish bo‘lishi kerak.

Eng kamharajatli parlament saylovlari O‘zbekistonda

Saylov bulletenlari davlat tilida, shuningdek okrug saylov komissiyasining qaroriga binoan tegishli okrug aholisining ko‘pchiligi so‘zlashadigan tillarda nashr etiladi.

Saylov bulletenlari Brayl alifbosi asosida tayyorlanishi mumkin.

Parlament saylovlarida qatnashishga nomzod beshta partiya hujjatlarini taqdim etdi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda navbatdagi parlament saylovi 22-dekabrda bo‘lib o‘tadi. Saylov kampaniyasi 20-sentabrda boshlangan edi. O‘zbekiston saylov qonunchiligiga muvofiq deputatlikka nomzod fuqarolar faqat siyosiy partiyalar tomonidan taklif etilishi mumkin. Nomzodlarni ro‘yxatga olish saylovdan 35 kun oldin to‘xtatiladi.

Yangiliklar lentasi
0