Vrach choyni nima bilan ichish mumkin emasligini aytdi

© Unsplash / Clay BanksKrujka s gorachim chayem v ruke mujchini
Krujka s gorachim chayem v ruke mujchini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2022
Obuna bo‘lish
Rossiyalik parhezshunos shifokor choyning foydali xususiyatlari haqida so‘zlab berdi va uni qanday ichish kerakligini tushuntirdi.
Rossiyalik parhezshunos shifokor Yelena Solomatina choyning foydali xususiyatlari haqida so‘zlab berdi va uni qanday ichish kerakligini tushuntirdi. Bu haqda “Vechernyaya Moskva” nashri xabar qildi.
Shifokor choyda yurak-qon tomir tizimi va ko‘rish qobiliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi hamda ayrim o‘simta turlarining paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qiluvchi antioksidantlar borligini eslatib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, har qanday choyni limon yoki murabbo bilan ichish mumkin. Biroq choyni ayrim qo‘shimchalar bilan ichish inson sog‘ligiga putur yetkazishi mumkin
“Choyni ko‘p miqdordagi sut bilan ichmagan ma’qul. Gap shundaki, sut uning tarkibidagi foydali antioksidantlarni yo‘q qiladi va natijada qorinda noqulaylik paydo bo‘lishi mumkin”, - deya tushuntiradi Solomatina.
Shuningdek, u issiq ichimlikka asal solmaslik kerakligini ta’kidladi. Bunday birikma organizmga zarar yetkazmaydi, biroq foyda ham keltirmaydi.
Yangiliklar lentasi
0