O‘zbekiston “Tayfun” zirhli avtomobillari yirik partiyasini sotib oldi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishBroneavtomobil KamAZ "Tayfun"
Broneavtomobil KamAZ Tayfun - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Tayfun" - (KamAZ-53949) avtomobillari, o‘qotar qurol va portlovchi moddalardan yuqori darajada himoyalangan zirhli avtomobil-platforma hisoblanadi.

TOShKENT, 29 okt - Sputnik. O‘zbekiston Rossiyadan “Tayfun” zirhli avtomobillar yirik partiyasini sotib oldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Avtomobillarni O‘zbekistonga yetkazib berish 2019-yilning oxiriga qadar boshlanadi”, - deyilgan xabarda.

"Tayfun" - (KamAZ-53949) avtomobillari, o‘qotar qurol va portlovchi moddalardan yuqori darajada himoyalangan zirhli avtomobil-platforma hisoblanadi. Avtomobil turli qo‘shin va bo‘linmalar uchun turlicha jihozlanishi mumkin. U 2 tonnagacha yuk ko‘tarish va 10tagacha odam tashish imkoniga ega. Avtomobil uzunligi 6,4 m, kengligi 2,5 m, klirensi 0,43 m va og‘irligi 13,7 tonnani tashkil qiladi.

Samolet Suxoy Superdjet 100 - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston aviakompaniyasi Rossiyadan 3ta samolyot sotib olishi mumkin

"Tayfun" Rossiyaning 120dan ortiq mudofaa sanoati korxonalari hamkorligida ishlab chiqilgan. Ular orasida Ural avtomobil zavodi, KamAZ, Yaroslavsk motor zavodm, Po‘lat ITI va boshqalar bor. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2019-yilda Rossiyadan BTR-82A hamda “Tigr” zirhli avtomobillarini, “Sopka 2” radiolokatsion stansiyalarini ham sotib olgan edi. Undan tashqari O‘zbekiston va Rossiya orasida 12 ta Mi-35M - jangovar – transport vertolotlarini  sotib olish haqida shartnoma ham imzolangan.

Ushbu xaridlarning aksariyati Rossiya va O‘zbekiston hamkorligi doirasida Rossiya tomonidan ajratilgan kreditlar hisobidan xarid qilinadi. Ikki davlat orasida imzolangan shartnoma 2025-yilga qadar O‘zbekiston qurolli kuchlarini to‘liq yangilashni nazarda tutgan.

Yangiliklar lentasi
0