Yo‘l harakati qoidalarini buzgan ikki nafar IIB xodimi jarimaga tortildi

© iibb.uzNoviy dizayn avtomobiley GUVD Tashkenta
Noviy dizayn avtomobiley GUVD Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yo‘l harakati qoidalarni buzgan IIB xodimlariga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik haqidagi bayonnoma rasmiylashtirildi.

TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Toshkent IIBB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video lavhalar yuzasidan izoh berdi.

Botanicheskiy sad v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi Botanika bog‘ida kuzatuv kameralari o‘rnatiladi – IIBB

Xabarda aytilishicha, 31-oktabr kuni Nodir Temirov ismli foydalanuvchi “Voditeli Tashkenta (DRIVERS.UZ)” guruhida xabar qoldirdi: videoregistratorda qayd qilinishicha, shu kuni ertalab xizmat davlat raqamiga ega “Neksiya-3” rusumli avtomobil Choshtepa ko‘chasidan harakatlanib, oqimdagi transport vositalariga xalal bergan.  

“Ushbu harakat bilan Yo‘l harakati qoidalarining 53-bandi, ya’ni “Haydovchi harakatlanishni boshlash, yo‘nalishni o‘zgartirish (qayta tizilish, burilish, qayrilib olish, quvib o‘tish va aylanib o‘tish) va to‘xtashdan oldin bajarilayotgan manyovr xavfsiz ekanligiga va boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bermasligiga ishonch hosil qilishi kerak” qoidasi buzilgan. Ushbu ma’lumot bir nechta blogerlar va OAVlar tomonidan ham e’lon qilindi” – deyilgan xabarda. 

“Neksiya-3” rusumli avtomobil (davlat raqami 01 067 VSC) Shayxontoxur tumani ichki ishlar bo‘limiga biriktirilgan. Bunday harakatlanishga sabab (misol uchun, zarur chaqiruv, huquqbuzarlik va hokazo) bo‘lmaganligi aniqlandi.

Avtomobilni boshqargan xodimga nisbatan keyingi kun soat 07:50 da Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-5-moddasiga  muvofiq ma’muriy huquqbuzarlik haqidagi bayonnoma rasmiylashtirilgan. Unga ko‘ra, transport vositalari haydovchilarining avariya holati yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan, ya’ni yo‘l harakatining boshqa qatnashchilarini tezlikni, harakat yo‘nalishini keskin o‘zgartirishga yoki o‘z xavfsizligini yoxud boshqa fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash uchun o‘zga choralarni ko‘rishga majbur qiluvchi huquqbuzarlikni sodir etishi, – eng kam ish haqining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Haydovchi bilan yo‘llarda xatoga yo‘l qo‘yish mumkin emasligi haqida profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Razminirovanie rossiyskimi saperami goroda Deyr-ez-Zor - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent aeroportida bomba bor deb xabar qilgan kishi qo‘lga olindi

Poytaxt Uchtepa tumani maxsus inspeksiyasi ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari xabarini qayd etishdi. Ya’ni: 29-oktabr kuni soat 18:08 da Lolita Shah ismli foydalanuvchi yuqoridagi guruhda videoma’lumot qoldirgan edi, unda “Neksiya-3” avtomobili (davlat raqami 01 158 VSC) Farxod va Lutfiy ko‘chalari kesishmasidagi svetoforning taqiqlovchi signalini mensimasdan harakatlangan.

Ushbu avtomobil Uchtepa tumani IIO FMBga biriktirlgan bo‘lib, uni boshqargan xodimga nisbatan  Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-4-moddasi ikkinchi qismi bo‘yicha ma’muriy bayonnoma tuzildi. Unga ko‘ra, Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan o‘tishi, – eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Haydovchi bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Yangiliklar lentasi
0