O‘zbekistonning ayrim hududlarida vaqtincha “svet” bo‘lmaydi

© Sputnik / Marina Lisseva / Mediabankka o‘tishLampi
Lampi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yilning 6-7 noyabr kunlari Olmazor tumani, Xorazm va Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtincha uzilish bo‘ladi.

TOShKENT, 6 noya - Sputnik. 6-7 noyabr kunlari Olmazor tumani, Xorazm va Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtincha uzilish bo‘ladi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 6-noyabr kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar Toshkent shahar Olmazor tumanining “Sog‘bon 1-2 tup”, “Qizil tut”, “Paxta”, “Langar”, “Lentochniy”, “Qo‘sh tut”, “Muhokama” ko‘chalarida va “Zarqaynar” supermarketlarida elektr energiyasida vaqtinchalik uzilish bo‘ladi.

Buning sababi transformator punktlari va elektr uzatish tarmoqlarida mukammal ta’mirlash ishlarining olib borilishidir.

Shuningdek, Qoraqalpog‘istonning ayrim hududlari hamda Xorazm viloyatining Xonqa, Bog‘ot, Hazorasp, Pitnak tumanlarida Taxiatosh-Xorazm-Sarimoy yo‘nalishidagi tarmoqlarda 220 kV kuchlanishdagi elektr uzatish tarmog‘ining o‘tkazilishi va “Taxiatosh issiklik elektr stansiyasi”dagi 7 energo blok ta’mirlanayotganligi sababli 6-7 noyabr kunlari  elektr energiyasida uzilishlar bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0