Bugun Toshkentda MDH xavfsizlik xizmatlari rahbarlari uchrashadi

© Sputnik / Viktor TolochkoFlagi stran uchastnis SNG
Flagi stran uchastnis SNG - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
MDH maxsus xizmatlari rahbarlari Toshkentda Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash doirasida Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilishadi.

TOShKENT, 7 noya - Sputnik. Bugun Toshkentda MDH xavfsizlik xizmatlari rahbarlari Kengashining navbatdagi 47-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda UzA.

Yig‘ilishda asosiy e’tibor xalqaro terrorizm, narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasi va transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash borasida hamkorlikni mustahkamlash masalalariga qaratiladi, - deyilgan xabarda.

Va yana bir muhim masala - MDH makonida millatlararo va konfessiyalararo nizolar kelib chiqishining oldini olish muammolari ham alohida o‘rganib chiqiladi.

Napadenie na pogranzastavu v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston
Jangarilar O‘zbekiston hududiga kirib olmoqchi bo‘lgan - ekspert

Shuningdek, transport kommunikatsiyalari va iqtisodiyot sohasida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha hamkorlikdagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish ko‘zda tutilmoqda.

Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash doirasida Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilish ham rejalashtirilgan.

Undan tashqari yig‘ilishda MDH Aksilterror markazi rahbari hamkorlikdagi aksilterror o‘quv mashg‘ulotlari yakuni bo‘yicha hisobot taqdim etadi va Markazning 2020-yilga mo‘ljallangan ish rejasini ma’lum qiladi.

 

Yangiliklar lentasi
0