Hech bir reys yetkazishni xohlamagan “yotoq” bemor O‘zbekistonga olib kelindi

© Ministerstvo zanyatosti i trudovix otnosheniy Respubliki UzbekistanUzbekistanes, postradavshiy v DTP v Krasnodare , dostavlen na rodinu
Uzbekistanes, postradavshiy v DTP v Krasnodare , dostavlen na rodinu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Krasnodar o‘lkasida halokatga uchragan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi. U juda jiddiy jarohat olgan edi. Shu sababli uni O‘zbekistonga yetkazishni hech bir reys xohlamagan edi.

TOShKENT, 7 noya – Sputnik. Rossiyaning Krasnodar o‘lkasida halokatga uchragan O‘zbekiston fuqarosi Ravshan To‘xtamatov 5-noyabr kuni O‘zbekistonga olib kelindi.

Uzbekistanes Abram Okilov v koreyskoy bolnitse Sanggi Pik Pionvon - Sputnik O‘zbekiston
Koreyada komaga tushib qolgan o‘zbekistonlik sog‘lig‘i to‘g‘risida ma’lumot berildi

Bemorni vatanga qaytarishda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tashabbusi bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi birlashgan.

O‘zbekistonning Rostov-Dondagi bosh konsulligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Krasnodar o‘lkasida 5 nafar fuqaro YTHga uchragan. Ular orasida ushbu fuqaro ham bo‘lgan.  

U juda jiddiy jarohat olgan, unda suyak sinishlari, ichki a’zolarining lat yeyishi, miyasida jiddiy jarohat hamda gemotoma qayd etilgan. “Yotoq” bemorini samolyotda O‘zbekistonga yetkazishni hech bir reys xohlamagan.

Yangiliklar lentasi
0