Qaysi kasallikka chalingan o‘quvchilar imtihondan ozod qilinadi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishObuchenie migrantov russkomu yaziku
Obuchenie migrantov russkomu yaziku - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda o‘quvchilarni imtihonlardan ozod qilish huquqini beradigan kasalliklar ro‘yxati kengaytirildi.

TOShKENT, 8 noya – Sputnik. O‘zbekistonda o‘quvchilarni imtihonlardan ozod qilish huquqini beradigan kasalliklar ro‘yxati kengaytirildi, deya xabar qilmoqda Norma.uz.

Maktab o‘quvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod qilish huquqini beruvchi boshqa 55 ta kasallikdan tashqari, yana quyidagi 4 ta kasallikda ular imtihonlardan ozod qilinadilar:

  • mukovissidoz, aralash shakli, og‘ir turi (kasallik kodi E84);
  • plevrit (J90-K94);
  • nospetsifik yarali kolit (zo‘riqish davri, K51);
  • jigar sirrozi (dekompensatsiya davri, K74.6).

O‘quvchilarga sinfdan sinfga ko‘chirish imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod bo‘lish huquqini beruvchi kasalliklarga tif, botulizm, sil kasalligi, xavfli o‘smalar kabilar kiradi. Quyidagi havola orqali kasalliklarning to‘liq ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0