Yo‘qolib qolgan Abdulloh Tohirov yuzasidan ilk bayonot berildi

© A.TohirovAbdulloh Tohirov
Abdulloh Tohirov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Abdulloh Tohirov ishi bilan Ichki ishlar vazirligi emas, "boshqa idora" shug‘ullanayotganligi ma’lum qilindi.

TOShKENT, 8 noyab - Sputnik. So‘nggi kunlarda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Abdulloh Tohirov bilan bog‘liq xabarlar tarqalmoqda, deya boshlanadi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi axborot xizmati tarqatgan xabar. Bu o‘zbekistonlik jamoat tashkilotlar tomonidan voqea yuzasidan berilgan ilk bayonot.

Aytilishicha, Yoshlar ittifoqi mazkur vaziyat bo‘yicha bir necha kun avval o‘rganish ishlarini boshlagan.

“Bizga ma’lum qilishlaricha, Abdulloh Tohirov ishi bilan Ichki ishlar vazirligi emas, balki boshqa idora shug‘ullanmoqda va tez orada bu holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot beriladi”, deyiladi xabarda.

Ayni vaqtda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huquqni muhofaza qilish idoralaridan holatga oydinlik kiritish va aniq tafsilotlar olishga harakat qilayotgani ma’lum qilingan.

Bayonot yakunida jarayonning ochiq va shaffof o‘tishi, holat bilan bog‘liq aniq ma’lumotlarning jamoatchilikka tezroq taqdim qilinishiga istak bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoq va o‘zbekistonlik internet yangiliklar portallari tarqatgan xabarlarga ko‘ra,  20 yashar andijonlik Abdulloh Tohirov joriy yil 26-oktabrda Andijon IIBga chaqirtirilgan va shu kundan fuqaro to‘g‘risida hech qanday darak mavjud emas.

Yangiliklar lentasi
0