Tabriklayman, uka! – dedi Stiven Sigal Otabek Umarovga

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishStiven Sigal
Stiven Sigal  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerikalik taniqli aktor va yakkakurash ustasi Stiven Sigal Otabek Umarovni O‘zbekiston MMA Assotsiatsiyasi rahbari etib saylangani bilan tabrikladi.

TOShKENT, 12 noya – Sputnik. Taniqli aktor va yakkakurash ustasi Stiven Sigal o‘z Instagramida Otabek Umarovni O‘zbekiston Aralash jang san’ati assotsiatsiyasi rahbari etib tayinlangani bilan tabrikladi.

“Do‘stim Otabek Umarov O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi rahbari etib saylandi. Tabriklayman, uka!”, — deb izoh qoldirgan aktor.

Eslatib o‘tamiz, Stiven Sigal O‘zbekistonga bundan 2-yil oldin tashrif buyurgan edi. 2017-yilning sentabrida Toshkentda Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan eng katta osh pishirilgan vaqtida Sigal taklif qilingan mehmonlar qatorida edi.

Publikatsiya ot Steven Seagal (@seagalofficial)

Yangiliklar lentasi
0