Milliy gvardiya faoliyati qonun bilan tartibga solinadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSotrudniki Natsionalnoy gvardii Uzbekistana
Sotrudniki Natsionalnoy gvardii Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Loyihani ishlab chiqishda milliy qonunchilik, shuningdek, Rossiya, Belarus, Ukraina, Qozog‘iston kabi xorijiy davlatlarning tajribasi atroflicha tahlil qilingan.

TOShKENT, 12 noya – Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Qonun uch o‘qishda qabul qilindi

Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors - Sputnik O‘zbekiston
Milliy gvardiya xodimlariga mahalliy avtomashinalarni sotib olish uchun kreditlar beriladi

Loyihada Milliy gvardiyaning asosiy vazifalari, tuzilishi, shaxsiy tarkibi, huquqiy holati, faoliyat yo‘nalishlari, qonun loyihasida qurol-yarog‘, jismoniy kuch ishlatish tartibi hamda maxsus vositalarni qo‘llash, xizmatga kirish va xizmat o‘tashning umumiy shartlari hamda qoidalari, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarini ijtimoiy-huquqiy himoya qilish choralari aniq bayon etilgan.

Ta’kidlanishchia, loyihada umummilliy qadriyatlarga tayangan holda, Milliy gvardiya faoliyatining asosiy prinsiplari sifatida qonuniylik, fuqaro hamda shaxsning huquq va erkinliklariga rioya qilinishi, harakatchanlik, tezkorlik, doimiy jangovar tayyorgarlik va bo‘linmalarning o‘zlariga qo‘yilgan vazifalarni samarali hal qilish tamoyillari qamrab olingan.

Hukumat qarori: ba’zi obyektlar Milliy gvardiya xodimlari tomonidan qo‘riqlanadi

Loyihani ishlab chiqishda milliy qonunchilik, shuningdek, Rossiya, Belarus, Ukraina, Qozog‘iston kabi xorijiy davlatlarning tajribasi atroflicha tahlil qilingan.

Yangiliklar lentasi
0