Termizda matematika va fizikadan ochiq olimpiada bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / Vadim ShekunMatematicheskie formuli
Matematicheskie formuli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Termizda bo‘lib o‘tadigan ochiq olimpiadada istalgan maktabning 8-9-sinf o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin.

TOShKENT, 12 dek - Sputnik. Surxondaryoda  16 dekabr kuni matematika va fizika fanlaridan maktab o‘quvchilari uchun  ochiq olimpiada bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda Xalq ta’limi vazirligi.  

"Termiz shahrida bo‘lib o‘tadigan ushbu olimpiadada mamlakatimiz umumta’lim maktablarining 8-9-sinf o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin. Olimpiadada 5 ta masalani yechish uchun 3 soat vaqt beriladi va har bir masala 10 ballik tizimda baholanadi", - deyilgan xabarda. 

Olimpiada ishtirok etishni istovchilar o‘zlari haqidagi ma’lumotlarni xabarda ko‘rsatilgan telegram raqamiga yuborishlari kerak. Ishtirokchilarini ro‘yxatga olish 2019-yil 15-dekabr soat 13:00 ga qadar davom etadi.

Yangiliklar lentasi
0