Eng arzon va eng qimmat oziq-ovqat bozorlari ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / /StringerTorgovie radi na Alayskom rinke v Tashkente
Torgovie radi na Alayskom rinke v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir kilo guruchdan osh pishirish Toshkentda 85 000 so‘m, Nukusda 45 000 so‘mga to‘g‘ri kelmoqda - Statistika qo‘mitasi.

TOShKENT, 12 dek – Sputnik. Davlat Statistika qo‘mitasi 10-dekabr kuni o‘tkazgan monitoringi davomida O‘zbekistonning eng arzon va eng qimmat oziq-ovqat bozorlari ma’lum bo‘ldi.

Eng arzon mol go‘shti – Nukus shahar bozorida qayd etilgan - 35 000 so‘m, eng qimmat narx esa – Toshkent shahrining Mirobod bozorida qayd etilgan – 57000 so‘m.

Forum-vistavka Goszakaz - Za chestnie zakupki - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda 15 dekarbdan ishonchli va arzon oziq-ovqat yarmarkalari ochiladi

Qo‘y go‘shtining eng arzon narxlari Nukus dehqon bozorida, Toshkent shahrining Farhod bozori va Mirobod bozorlarida qayd etilgan - 38 000 so‘m. Eng qimmat narxlar esa - Oloy dehqon bozorida kuzatilgan - 64 000 so‘m.

Eng arzon kartoshka narxi 1 600 so‘m -  Mirobod dehqon bozori va eng qimmat kartoshka 4000 so‘m – Oloy bozorida  qayd etilgan.  Piyozning eng arzoni Andijon Markaziy bozrida va Yangiyo‘lda qayd etilgan – 1000 so‘mdan, maksimal narxlar esa Toshkent va Urgench bozorlarida qayd etilgan – 3500 so‘m. Sabzi hamma viloyatlarda 1000 so‘mdan, faqat Oloy bozorida – 4000 so‘m.

Tuxum narxlari Samarqand bozorlari va Qo‘yliqda – 6000 so‘mdan, Buxoro, Qarshi va Oloy bozorida – 10 000 so‘m.

Guruch Nukus va Buxoro bozorlarida – 4 ming so‘mdan, Toshkentning Oloy va Mirobod bozorlarida – 18 ming so‘mdan. O‘simlik moyi Toshkent bozorlarida 8400 so‘mdan, Buxoroda esa – 13500 so‘m.  

Xulosa qilib aytganda, 1 kilo guruch, 1 kilo go‘sht, 1,5 kilo sabzidan osh pishirish Nukusda 45 ming so‘m bo‘lsa, Toshkentda Oloy bozori atrofida 85 ming so‘mga to‘g‘ri keladi. 

Yangiliklar lentasi
0