Xalq ta’limi vazirligi 5 kunlik o‘qish haftasiga o‘tishga qarshi

© Press-slujba prezidenta TadjikistanaTadjikskie ucheniki
Tadjikskie ucheniki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ota-onalar haftada olti kun ishlasa bolalar besh kun o‘qisa - shanba kuni ularning xavfsizligini kim ta’minlaydi ?

TOShKENT, 13 dek - Sputnik. Xalq ta’limi vazirligi Turizm qo‘mitasining 5 kunlik o‘qish haftasiga o‘tishga qarshi.

Ma’lumki, Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan O‘zbekistonda ichki turizmni rivojlantirish uchun barcha o‘quv muassasalarida 5 kunlik o‘qish tizimiga o‘tish, hamda qishgi ta’tillarni uzaytirib, yozgi ta’tilni qisqartirish haqida taklif kiritgan edi.

Turisti v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Turizm qo‘mitasi 5 kunlik o‘qish haftasi joriy etishni taklif qildi

XTV fikriga ko‘ra, ushbu takliflar chuqur o‘rganilmagan, xarjat va narxlar batafsili tahlil qilinmaganini aytmoqda.

Xususan, barcha ota-onalar 6 kun ishlaganda, maktab o‘quvchilari 5 kun o‘qisa, shanba kunlari ularni yolg‘iz qoldirishga to‘g‘ri kelsa, bolalar xavfsizligiga kim javob beradi ?

Undan tashqari, bugun maktablarda sinfxonalar yetishmasligi tufayli o‘quvchilar 2 smenada o‘qishga majbur bo‘lmoqda, o‘qish kunlari qisqarsa binolar yetishmovchiligi muammosi yanada og‘irlashadi.

Shuningdek, yozgi ta’tilni qisqartirish g‘oyasi ham ko‘plab muammolarni keltirib chiqaradi, deydi XTV. Xususan, jazirama issiqda 30-35 kishi 45 daqiqa bitta sinfxonada o‘tirishini tasavvur qilayapsizmi, yoki Turizm qo‘mitasi o‘z daromadidan barcha sinfxonalarga konditsioner o‘rnatib beradimi?

Yozgi ta’til qisqarishi ta’mirlash ishlariga ham xalal beradi, axir ularni o‘qish bilan bir vaqtda olib borish mumkin emas, deydi XTV.

Xullas, Turizm qo‘mitasining “Event”turizmi haqidagi tashabbus va g‘oyalari “Cost-benefit analysis” qilinmagani ma’lum bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0