Rossiya va O‘zbekistonni yana ikkita poyezd bog‘laydi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPokupka bileta
Pokupka bileta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2019 yil oxiri va 2020-yil boshlarida Moskva va Ufaga yangi qatnov yo‘lga qo‘yiladi. Bu yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida tashkil qilinmoqda.

TOShKENT, 17 dek — Sputnik. “O‘zbekiston temir yo‘llari” 2019-yil oxiri va 2020-yil boshlarida Moskva va Ufaga yangi qatnovni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Avtobusnoe soobshenie iz Tashkenta v Moskvu - Sputnik O‘zbekiston
Kelgusi haftadan Toshkent – Moskva yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda

“Joriy yilning 13-dekabridan boshlab №350/349-sonli poyezd Termiz – Moskva – Termiz yo‘nalishi bo‘yicha qatnay boshladi. Shuningdek, tarmoq temir yo‘l jadvalidagi yangi yo‘nalishlardan - 2020-yil fevral oyidan boshlab Andijon – Ufa – Andijon yo‘nalishidagi (№371/372-sonli) poyezd qatnovi boshlanadi”, - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, davlatlararo poyezdlarning yo‘lovchilari uchun maxsus chegirmalar mavjud. Xususan, oldindan sotib olish muddatiga ko‘ra chipta tarifining 55 foizgacha chegirma mavjud.

Yangiliklar lentasi
0