MSK: soat 15.00ga qadar 58,3 % kishi ovoz berdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGolosovanie na parlamentskix viborax v Uzbekistane
Golosovanie na parlamentskix viborax v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy saylov komissiyasi saylovlarda mahalliy vaqt soat 15.00 ga qadar ishtirok etgan saylovchilarning dastlabki raqamlarini e’lon qildi.

TOShKENT, 22 dek – Sputnik. Markaziy saylov komissiyasi saylovlarda mahalliy vaqt soat 15.00 ga qadar ishtirok etgan saylovchilarning dastlabki raqamlarini e’lon qildi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev progolosoval na parlamentskix viborax - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev oilasi bilan birgalikda saylovda ovoz berdi – foto

Mahalliy vaqt soat 15.00 ga qadar saylovchilarning 10 million 949 ming 771 nafari yoki 58,3 foizi ovoz berdi.

Qashqadaryo (68,2%), Andijon (67,7%) Samarqand viloyatlarida saylovchilar eng faol ishtirok etmoqda. Hozircha poytaxtda eng passiv ko‘rsatkich (44,4%).

O‘zbekistonning barcha hududlarida soat 08:00da saylov uchastkalari ochildi. Ularning faoliyati soat 20:00ga qadar davom etadi.

Saylovda 20,5 milliondan ortiq saylovchi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar uchun ovoz berishi mumkin.

Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati ma’lumotlariga ko‘ra, saylovchilarning 10 million 147 ming 772 nafari erkak, 10 million 355 ming 690 nafari ayol; 2 million nafar ilk bor saylovda qatnashib, ovoz berish huquqidan birinchi marta foydalanishi kutilmoqda.

Saylovlar yangi Saylov kodeksiga binoan o‘tkazilmoqda. Unda ilk bor beshta siyosiy partiya ishtirok etmoqda: O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi.

Yangiliklar lentasi
0