O‘zbekiston Xitoydagi koronavirus tufayli chegaradagi sanitar nazoratni kuchaytirdi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishLaboratoriya immunofermentnix issledovaniy
Laboratoriya immunofermentnix issledovaniy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoylik mutaxassislar kasallik qo‘zg‘atuvchisi koronavirus 2019-nCoV ekanini aniqlashdi. Ushbu virusdan nobud bo‘lganlar soni ortmoqda. Kasallik Xitoy chegarasidan chiqib, boshqa davlatlar hududlariga ham tarqalmoqda. Janubiy Koreya, Tailand va Yaponiyada ro‘yxatga olindi.

TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Xitoyda tarqalgan koronavirus tufayli chegaradagi sanitar nazoratni kuchaytirdi. Bu haqda Sog‘liq saqlash vazirligi xabar qildi

Qayd etilishicha, davlat chegarasi kesishgan joylardagi Sanitariya-karantin punktlaridan o‘tayotgan yo‘lovchilarni sifatli tibbiy-sanitariya ko‘rigidan o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda.  Pnevmoniya va boshqa o‘tkir respirator kasalliklari alomatlari aniqlangan bemorlarni alohidalash va shifoxonalarga yotqizish choralari ko‘rilmoqda.

Gripp, O‘RI va pnevmoniya kasalliklarida gumon qilingan bemorlarni shifoxonalarga yotqizish uchun davolash-profilaktika muassasalari tayyorgarligi ta’minlangan. Shuningdek,  dori-darmon va dezinfeksion moddalar zaxirasi aratildi.

Proizvodstvo vaksini protiv grippa A/H1N1  - Sputnik O‘zbekiston
“Epidemiyaga olib kelishi mumkin”: Shifokor yangi halokatli koronavirus haqida

“Xitoy Xalq Respublikasidan kelayotgan yo‘lovchilar orasida gripp kasalligining og‘ir turlariga, O‘RI va pnevmoniya kasalliklariga gumon qilingan bemorlar aniqlanganda laboratoriya tashxisi uchun namunalar olish tashkil etilmoqda. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan uchuvchilar, bort va temir yo‘l kuzatuvchilarining bilim saviyasini oshirish maqsadida gripp, O‘RI va o‘tkir pnevmoniya kasalliklarining klinikasi, laboratoriya tashxisi, profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar to‘g‘risida keng tushuntirish ishlari o‘tkazilmoqda”, - deyiladi xabarda.

O‘tgan yilning dekabr oxirida kuni Xitoy hukumati mamlakatning Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya epidemiyasi yuzaga kelgani haqida xabar qilgan edi. Xitoylik mutaxassislar kasallik qo‘zg‘atuvchisi koronavirus 2019-nCoV ekanini aniqlashdi.

20 yanvardagi ma’lumotga ko‘ra, Xitoy hukumati ushbu virus keltirib chiqargan 224 ta pnevmoniya holati aniqlanganini rasmiy tasdiqladi. Bu kasallikdan nobud bo‘lganlar soni to‘rttaga yetgan.

Hozirda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) keng jamoatchilikka virusga qarshi kurashish bo‘yicha bir nechta dastlabki tavsiyalarni bermoqda:

  • qo‘llaringizni sovun va suv yoki spirtli aralashma bilan yuving;
  • yo‘talganda yoki aks urganda og‘zingiz va burningizni tibbiy niqob, salfetka, yengingiz yoki bukilgan tirsagingiz bilan to‘sing;
  • shamollash yoki gripp alomatlari bo‘lganlar bilan himoyalanmagan aloqada bo‘lishdan uzoqlashing hamda sizda isitma, yo‘tal va nafas qisishi holatlari paydo bo‘lganida tibbiy yordam olish uchun murojaat qiling;
  • tirik mahsulotlar sotiladigan bozorda bo‘lganingizda jonivorlar hamda ular tegishi mumkin bo‘lgan vositalarga himoyalanmagan holda teginishdan ehtiyot bo‘ling;
  • taomni, ayniqsa, go‘shtni astoydil pishiring.
Yangiliklar lentasi
0