Sirdaryoda IIB keksalarning uyiga borib pasport rasmiylashtirib bermoqda

© MVDV Sirdarinskoy oblasti MVD vidayet pasporta doma
V Sirdarinskoy oblasti MVD vidayet pasporta doma  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sirdaryoda keksa va imkoniyati cheklangan kishilarning uy yoki ish manziliga borgan holda fuqarolarga biometrik pasporti rasmiylashtirib berilmoqda.

TOShKENT, 22 yanv – Sputnik. Sirdaryo Ichki ishlar bo‘limi uyma-uy yurib keksalar mushkulini oson qilmoqda.

Sirdaryoda imkoniyati cheklangan va keksa yoshdagi fuqarolarning uy manziliga borib, ularga  fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati ko‘rsatilmoqda. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, Sirdaryoda viloyatida istiqomat qilayotgan, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlariga kelishga imkoniyati yetarli bo‘lmagan keksalarning mushkuli oson qilinmoqda. 

Uy yoki ish manziliga borgan holda fuqarolarga biometrik pasporti rasmiylashtirib berilmoqda. Tayyor bo‘lgan biometrik pasportlar shu kunning o‘zidayoq o‘z egalariga tarqatilmoqda.

 

 

Yangiliklar lentasi
0