Hovuzli qarorgoh: Gulnora Karimovaning Britaniyadagi dang‘illama uyi - foto

© Sputnik / Valeriy LevitinGulnara Karimova
Gulnara Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gulnora Karimova uyining umumiy maydoni 70 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Unda bog‘ va hovuz bor.

TOShKENT, 28 yanv – Sputnik. Britaniya OAVlari Gulnora Karimovaning shu kungacha noma’lum bo‘lgan ko‘chmas mulklari ro‘yxatini e’lon qildi, deb yozadi The Times.

Nashr yozishicha, Karimova 1912-yilda qurilgan Gorse Hill Manor mulkiga egalik qiladi, uni 2010-yilda 23,5 million dollarga sotib olgan. Bugungi kunda uning narxi 39 million dollarni tashkil etadi. "Ko‘chmas mulkning umumiy maydoni 70 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Shuningdek, unda bog‘ va hovuz mavjud", deyiladi xabarda.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Uzbeknewsbest (@uzbekistanwithloveeee)

OAV xabarlariga ko‘ra, Karimova yana ikkita xonadonga ega, ularning narxi 10,4 million va 2,6 million dollarga baholanmoqda. Ser Brus Forsayt va Bruney sultoni Karimovaning qo‘shnilari hisoblanadi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Uzbeknewsbest (@uzbekistanwithloveeee)

Eslatib o‘tamiz, 2015-yil avgustida Karimova tovlamachilik va soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblandi, 2017-yil 18-dekabrda yana bir holat bo‘yicha ayblanib, unga 10-yilga ozodlikdan mahrum qilish chorasi ko‘rilgan.

2019 yil avgust oyida Bosh prokuratura birinchi prezidentning qiziga nisbatan yangi davlat mablag‘larini talon-taroj qilish va mamlakat manfaatlariga zid bitimlar tuzish yuzasidan jinoiy ishlarni qo‘zg‘atdi. 2019-yil dekabr oyida ishlardan birining tergovi yakunlangani e’lon qilindi.

Xususan, Karimova 165 million dollar va 85 milliard so‘mdan (9 million dollar) ko‘proq zarar yetkazganlikda ayblanmoqda. 6-yanvar kuni Bosh prokuraturaning bildirishicha, Karimovaga qarshi davlat budjetidan pul undirish va o‘zlashtirish bo‘yicha boshqa jinoiy ish tergovi yakunlangan.

Yangiliklar lentasi
0