Xitoy koronavirusni davolashning samarali usuli topdi

Obuna bo‘lish
Koronavirusga qarshi kurashda kasallikni yengib o‘tgan odamlar qon plazmasida paydo bo‘lgan Immunoglobulinni boshqa bemorlarga quyish uslubidan foydalanilmoqda.

TOShKENT, 14 fev - Sputnik. COVID-19 koronavirusi bilan og‘rigan bemorlarga Xitoy shifokorlari tomonidan plazma quyish usuli samarali ekanligi isbotlandi, deb xabar qilmoqda Sinxua agentligi mahalliy shifokorlarga asoslanib.

Davolanishning yangi usuli samaradorligi Uxandagi kasalxona rahbari Chjan Dinyuy matbuot anjumanida e’lon qildi. Mutaxassislar ta’kidlashicha, kasallikni yengib o‘tgan ba’zi odamlarning qon plazmasida koronavirus bilan kurashuvchi Immunoglobulin oqsil birikmalari (antitela) topilgan. Yangi usul yordamida og‘ir ahvoldagi 10ta bemorni davolashga muvaffaq bo‘lindi.

Eslatib o‘tamiz, dekabr oyining oxirida, Xitoy hukumati Xubey provinsiyasining Uxan shahrida kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan pnevmoniya kasalligi haqida xabar berdi. Kasallikning qo‘zg‘atuvchisi koronavirusning yangi turi edi, u JSST tomonidan 11-fevralda COVID-19 nomlandi. 

So‘nggi ma’lumotlarga qaragandan, koronavirus bilan kasallanganlar soni 60 mingdan oshgan, vafot etganlar soni 1367 kishini tashkil qilgan. Xitoydan tashqarida koronavirus bilan kasallanganlar soni 500 kishidan oshgan.

Yangiliklar lentasi
0