Qoraqalpog‘iston ham o‘z tibbiyot institutiga ega bo‘ldi

Obuna bo‘lish
O‘z o‘quv bazasi va klinikasiga ega bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Tibbiyot instituti va klinikasi tashkil etish haqida prezident qarori qabul qilindi.

TOShKENT, 15 fev - Sputnik. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham o‘z tibbiyot instituti tashkil etiladi. Bu haqida 14-fevral kuni imzolangan prezident qarorida aytib o‘tilgan. 

"Orolbo‘yi mintaqasi uchun tibbiyot sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, hudud aholisiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat sifati va ko‘lamini oshirish, tibbiy amaliyotning ta’lim va ilm-fan bilan o‘zaro mustahkam integratsiyasini ta’minlash, sohadagi ilg‘or yutuq va innovatsiyalarni davolash-tashxis jarayoniga joriy etish maqsadida Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filiali negizida Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti tashkil etilsin," - deyilgan prezident qarorida. 

Qoraqalpog‘iston Tibbiyot instituti va uning klinkasi - yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan, tegishlicha davlat oliy ta’lim muassasasi va davlat tibbiyot muassasasi hisoblanadi. 

Tibbiyot instituti Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tashxis qo‘yish (diagnostika) va davolash standartlariga rioya qilgan holda imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga order berish, ularni shifoxonaga joylashtirish va Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga davolash qiymatini to‘lash, shuningdek, aholiga pullik asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish, shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bemorlarni shifoxonaga joylashtirish huquqiga ega bo‘ladi.

Institut faoliyatini iuyidagi manbaalardan moliyalashtiriladi: 

  • Davlat budjeti mablag‘lari;
  • talabalarning to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olishidan,
  • shartnomalar asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar;
  • jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
  • xalqaro moliya va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
  • qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;

 

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov – Institut va Institut klinikasi faoliyatini samarali tashkil etish, mazkur qarorni ijro etish yuzasidan barcha zarur choralar ko‘rilishini ta’minlasin, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishda mas’ul tashkilotlarga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatsin hamda uning ijrosi bo‘yicha har chorakda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin, deyilgan qarorda

 

Yangiliklar lentasi
0