Ikkinchi jahon va afg‘on urushi qatnashchilari uchrashdi

© Foto: press-slujba obyedineniya VETERAN.Sostoyalas vstrecha uchastnikov Vtoroy mirovoy i afganskoy voyni.
Sostoyalas vstrecha uchastnikov Vtoroy mirovoy i afganskoy voyni. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuv g‘alabaning 75-yilligi hamda cheklangan kontingent harbiy qismlarining Afg‘oniston hududidan olib chiqilganligining 31-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan.

TOShKENT, 17 fev — Sputnik. 15 fevral kuni Afg‘oniston nogiron faxriylari Rossiya uyushmasida Ikkinchi jahon urushi hamda Afg‘on urushi qatnashchilarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston "Veteran" jangchi faxriylari birlashmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

G‘alabaning 75-yilligi hamda cheklangan kontingent harbiy qismlarining Afg‘oniston hududidan olib chiqilganligining 31-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda O‘zbekiston “Veteran” jangchi faxriy va nogironlari Birlashmasining faxriylari ishtirok etishgan.

Toshkentda faxriylarga “G‘alabaning 75-yilligi” medallari topshirildi

Ishtirokchilar fashizmga qarshi ko‘rsatilgan jasoratlar, Rossiya, Yevropada jang qilib, Berlinning ishg‘ol etilishi, Afg‘onistonda yigitlarning terrorizmga qarshi kurashib, o‘tmishdagi Ittifoq davlatining janubiy hududlarini qanday himoya qilganliklari haqidagi xotiralar bilan o‘rtoqlashishgan.

© Foto: press-slujba obyedineniya VETERAN.Sostoyalas vstrecha uchastnikov Vtoroy mirovoy i afganskoy voyni.
Ikkinchi jahon va afg‘on urushi qatnashchilari uchrashdi - Sputnik O‘zbekiston
Sostoyalas vstrecha uchastnikov Vtoroy mirovoy i afganskoy voyni.

Shuningdek, bugungi kunda xalqlar do‘stligi, yoshlarni Vatanga bo‘lgan muhabbat ruhida tarbiyalash borasidagi qilinayotgan ishlar haqida so‘z yuritilgan.

Uchrashuv so‘ngida rossiyalik faxriy veteranlarga O‘zbekiston "Veteran" Birlashmasining Farg‘ona viloyati bo‘limi rahbari Muxsinjon Mo‘minxonov tomonidan milliy hunarmandchilik namunalaridan iborat esdalik sovg‘alari hamda faxriy yorliqlar topshirilgan.

Yangiliklar lentasi
0