Shifokor kam uxlash nimaga olib kelishi mumkinligini aytdi

CC0 / pixabay / Jenshina spit. Illyustrativnoe foto
Jenshina spit. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Napoleon, Iskandar Zulqarnayn, Leonardo da Vinchi - bularning barchasini "oz vaqt uxlab, ko‘p ishlarni bajarishga ulgurishgan" degan afsona birlashtiradi. Shifokor kam uxlash holatlari qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini tushuntirdi.

TOShKENT, 19 fev – Sputnik. Kuniga sakkiz soat uxlash umumiy qabul qilingan norma, ammo agar qoida mavjud bo‘lsa, har doim uni istisno qiladigan holatlar ham bo‘lishi kerak.

Devushka prosipayetsya - Sputnik O‘zbekiston
Dam olish kunlari uzoq vaqt uxlash nima bilan xavfli bo‘lishi mumkin

Rossiya Fanlar akademiyasining yuqori asab faoliyati va neyrofiziologiya instituti neyrobiologiya laboratoriyasining mudiri Vladimir Doroxov umumqabul qilingan standartlarga to‘g‘ri kelmaydigan holatlar va nima uchun ularni takrorlash keragi yo‘qligi haqida Sputnik radio efirida so‘zlab berdi.

Napoleon Bonapart, Iskandar Zulqarnayn, Leonardo da Vinchi - bularning barchasini "oz vaqt uxlab, ko‘p ishlarni bajarishga ulgurishgan" degan afsona birlashtiradi.

“Afsuski, bu hikoyalarning haqiqiyligini tekshirish qiyin, buyuklar singari, uxlash vaqtini qisqartirish odam o‘zi uchun juda qimmat bo‘lishi mumkin,” - deydi biologiya fanlari doktori Vladimir Doroxov.

U bergan interyusida bunday mashhur shaxslarni bizlardan nima bilan farq qilishi haqida to‘xtaldi.

“Napoleon, Iskandar Zulqarnayn, Cherchill, Margaret Tetcher – ular kam uxlashgan. Tetcher qisqa uyqu geniga ega bo‘lgani aniq ma’lum. Bizning populyatsiyamizda bu genga ega bo‘lganlar ko‘p emas. Bunday odamlar to‘rt soat ichida to‘liq uyquga to‘yishi mumkin, ammo bu hammaga berilmagan. Ularga oriyentir olish kerak emas. Bu bo‘ri va it singari. Ko‘rinishidan, ular bir xil, ammo genetik jihatdan farq qiladi”, - deydi ekspert.

Ko‘pgina oddiy odamlar uchun uyqu soatlarini qisqartirish halokatli bo‘ladi, - dedi Vladimir Doroxov.

Uyqu inson organizmini "xatolardan" "tuzatish" uchun kerakligini ta’kidladi. Agar uyqu bo‘lmasa, u holda o‘z vaqtida "ta’mirlash" bo‘lmaydi va sog‘liq bilan bog‘liq muammolar boshlanadi.

“Uyqu davomiyligini qisqartirish orqali ish vaqtini ko‘paytirish mumkin. Ba’zida buni qilish mumkin, ammo agar uzoq vaqt davomida bo‘lsa - u har xil yara-chaqalarga duchor qilishi mumkin. Uzoq vaqt davomida ko‘p uxlamaydigan odamlar umrini 10-15 yilga qisqartirganligi haqida ilmiy ishlar mavjud. Buning sababi – organizmda turli xil "xatolar" to‘planadi. Uyqu har kecha organizmni "ta’mirlash" uchun kerak. Agar ko‘p kechalar davomida organizm "ta’mirlanmasa", unda turli xil patologiyalar, masalan, semirish, diabet, yurak muammolari va boshqalar to‘plana boshlaydi”, - deb tushuntirdi mutaxassis.

Yangiliklar lentasi
0