O‘zbekistonda yangi “Turizm 365” telekanalini tashkil etish taklif qilindi

CC0 / pixabay.com / Televizionniy pult
Televizionniy pult - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovning so‘zlariga ko‘ra, “Turizm 365” telekanalini ochish vaqti kelgan, zero ichki turizm bugungi kunda talab darajasida o‘rganilmagan.

TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov O‘zbekistonda yangi “Turizm 365” telekanalini tashkil etishni taklif qildi. Bu haqda u gidlar guruhi vakillari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Uchrashuvda Aziz Abduhakimov sayohat madaniyatini kishilarga bolalikdan shakllantirish zarurligini ta’kidlab, shu yo‘nalishda dastur tuzish va unga ko‘ra, yosh sayyohlarga mo‘ljallangan ko‘rsatuvlarni tashkil qilish, maxsus videokurslarni tavsirga olib tarqatish choralari ko‘rilishini aytdi.

Turisti fotografiruyutsya u mavzoleya Gur-Emir i usipalnisi Tamerlana v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston 2025-yilda sayyohlar sonini 12 millionga yetkazmoqchi

“Ehtimol, “Turizm 365” telekanalini ochish vaqti kelgandir, zero ichki turizm bugungi kunda talab darajasida o‘rganilmagan”, - dedi Aziz Abduhakimov

Ta’kidlanishicha, qo‘mita tomonidan tezkor ma’lumot almashish imkonini beruvchi yangi loyiha ustidagi ishlar yakunlangan. Bu kelgusida sayyohlik sohasi bilan bog‘liq muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish imkonini beradi.

Shuningdek, bosh vazir o‘rinbosari davlat idoralari, jamoat tashkilotlari va oliy o‘quv yurtlarini birgalikda harakat qilishga chaqirdi, zero oldinga qo‘yilgan maqsadga shu tariqa erisha olish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0