Prezident 8-mart munosabati bilan bir guruh xotin-qizlarni mukofotladi

© SputnikPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev jami 68 nafar ayolni taqdirladi. Oksana Chusovitina “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Yetti nafar ayol “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenini olgan. Ular orasida aktrisa Gulchehra Jamilova, Rixsixon Ibragimova, Gulchehra Sa’dullayevalar ham bor.

TOShKENT, 7 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-mart munosabati bilan bir guruh xotin-qizlarni mukofotladi.

Ta’kidlanishicha, ular mamlakatning iqtisodiy qudrati va jahon miqyosidagi mavqeyini yuksaltirish borasidagi ulkan xizmatlari, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, aholi farovonligini ta’minlash, farzandlarni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash ishlariga qo‘shgan katta hissasi, yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi samarali mehnati bilan tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgani uchun faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlangan.

Sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Oksana Chusovitina “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Sledstvenniy izolyator - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev 8-mart munosabati bilan 83 nafar mahkumalarni afv etdi

Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining sport gimnastikasi bo‘yicha katta murabbiyi Svetlana Kuznetsova “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan mukofotlangan.

Yetti nafar ayol “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirgan. Ular orasida o‘zbek Milliy akademik drama teatri aktrisalari Gulchehra Jamilova, Rixsixon Ibragimova hamda O‘zbekiston davlat satira teatri aktrisasi Gulchehra Sa’dullayevalar bor. Shuningdek, Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Robaxon Mahmudova ushbu mukoftga loyiq deb topilgan.

11 nafar ayol “Mehnat shuhrati” ordeni bilan bilan taqdirlangan. Ular orasida o‘zbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi To‘ti Yusupova ham bor.

2 nafar ayol I darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan, 7 kishi II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan, 20 kishi “Do‘stlik” ordeni bilan, 2 kishi “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan, 18 kishi “Shuhrat” medali bilan bilan mukofotlangan.

Quyidagi havola orqali mukofotlanganlarning to‘liq ro‘yxati bilan tanishish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0