"Yetmish marta o‘ylash zarur": Mirziyoyev avtomobillar narxi borasida o‘z fikrini bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev prokommentiroval rost sen na avtomobili
Prezident Shavkat Mirziyoyev prokommentiroval rost sen na avtomobili - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati faollari bilan uchrashuvda avtomobillar narxi borasida o‘z fikrini bildirdi.

TOShKENT, 13 mar – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati faollari bilan uchrashuvda avtomobillar narxi oshirilganiga o‘z munosabatini bildirdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

UzAuto Motors nachnet vipuskat mashini v novix svetax - Sputnik O‘zbekiston
Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi UzAuto Motors faoliyatini tanqid qildi

“Mana ko‘rapsizlar, avtosanoatimiz rahbarlari mashinalar narxini oshirishga qaror qilgani odamlarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Bu iqtisodiy jihatdan kerakdir, lekin hozirgi sharoitda to‘g‘ri emas. Biz xalqqa yengillik yaratishimiz lozim. Har bir qarorni yetti marta emas, yetmish marta o‘ylash zarur. Avvalo xalqimizning sotib oluvchanlik qobiliyatini mustahkamlash kerak,” - dedi prezident.

Davlat rahbari bozor iqtisodiyotiga o‘tish og‘irligi, lekin mamlakat shu yo‘ldan borishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors kompaniyasi 9-martdan avtomobillar uchun yangi narxlarni e’lon qilgan edi. Unga ko‘ra, avtomobillar narxi turiga qarab 3 foizdan 21 foizgacha oshgan. Bu jamoatchilikning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi va ular hatto ijtimoiy tarmoqlarda kompaniyaga qarshi fleshmob boshlab yuborishdi.

Kuni kecha Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi “UzAuto Motors” AJ tomonidan narxlarning oshirilishi bo‘yicha o‘z bayonotini e’lon qilgandi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi “UzAuto Motors” AJ tomonidan avtomobillar narxlari oshirilishi qay darajada iqtisodiy asoslanganligini va adolatli shakllanganligi aniqlash uchun korxonaning tadbirkorlik faoliyatini tekshirishga qaror qilgan.

Yangiliklar lentasi
0