O‘zbekiston hukumati koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarishga tanlov e’lon qildi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishProbirki v ximicheskoy laboratorii
Probirki v ximicheskoy laboratorii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Loyihalar tanlov talablariga qat’iy rioya qilinganligi, loyiha materiallarining ishonchliligi va haqqoniyligi, ko‘chirmachilikka yo‘l qo‘yilmaganligi, talablar asosida shakllantirilganligi bo‘yicha dastlabki texnik ekspertizadan o‘tkaziladi.

TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Innovatsion rivojlanish vazirligi respublikada COVID-19 koronavirusga qarshi samarali kurashish, kasallikning kirib kelishini oldini olish maqsadida amaliy loyihalar tanlovini e’lon qildi.

Loyiha mavzulari:

  • “Koronavirusli infeksiyalar patogenezini chuqur tahlili asosida ularga qarshi kurash va davolash texnologiyasini yaratish” bo‘yicha bajarilishi ikki yilga mo‘ljallangan amaliy loyiha (umumiy moliyalashtirish hajmi – 2,0 mlrd so‘m);
  • “COVID-19 koronavirus shtammlarini aniqlash uchun molekulyar-genetik diagnostikum yaratish” bo‘yicha bajarilishi bir yilga mo‘ljallangan amaliy loyiha (umumiy moliyalashtirish hajmi – 1,5 mlrd so‘m).

Muhim shartlar: Qog‘oz shaklda taqdim etilgan loyihalar ilmiy-tadqiqot institutlarining ilm-fan bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, oliy ta’lim muassasalarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlari tomonidan tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari imzolagan yo‘llanma xati asosida qabul qilinadi.

Otdelenie dlya lyudey s podozreniyem na koronavirus v Botkinskoy bolnitse - Sputnik O‘zbekiston
Shifokorlar koronavirusning og‘ir oqibatlari haqida ogohlantirmoqda

Elektron ro‘yxatdan o‘tkazilgan loyihalar 2020-yilning 15-apreliga qadar vazirlik binosida qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumot Innovatsion rivojlanish vazirligi saytida keltirilgan.

O‘zbekiston yangi koronavirusning hududiga kirib kelishini olish maqsadida turli choralar ko‘rmoqda.

Bugungi kunda mamlakat koronavirus keng tarqalgan Janubiy Koreya, Italiya, Yaponiya, Eron, Ispaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya mamlakatlar bilan vaqtincha avialoqalarni to‘xtatib qo‘ygan.

UzAirways kompaniyasi o‘nlab davlatlarga reyslarni bekor qildi.
Qolaversa, qator xalqaro tadbirlar va sport musobaqalari keyinga qoldirilgan.

Yangiliklar lentasi
0