Adliya vazirligi: Aktivlarni qaytarishda Gulnora Karimovaning roli umuman yo‘q

© InstagramNari dlya Gulnari: sokamernitse Karimovoy prishlos ustupit yey mesto u okna
Nari dlya Gulnari: sokamernitse Karimovoy prishlos ustupit yey mesto u okna - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, mulklarni qaytarish bo‘yicha barcha muzokaralar va tadbirlar rasmiy darajada O‘zbekiston qonunchiligi va xalqaro huquq normalariga muvofiq olib borilmoqda.

TOShKENT, 19 mar — Sputnik. O‘zbekiston Adliya vazirligi Gulnora Karimova ishi yuzasidan izoh berdi.

Xabarda yozilishicha, 2019-yilda xalqaro tuzilmalar va fuqarolardan Gulnora Karimovaga nisbatan oldin olib borilgan tergov harakatlari bilan qamrab olinmagan jinoyatlar haqida xabarlar kelib tushdi. Bu esa yangidan ochilgan holatlar bo‘yicha yangi jinoyat ishi ochilishiga asos bo‘lgan.

Den rojdeniya osnovatelya yuvelirnogo doma De Grisogono - Sputnik O‘zbekiston
Gulnora Karimova ishi bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi

Tergov Gulnora Karimova o‘ziga yaqin shaxslardan iborat bir nechta uyushgan jinoiy guruh tuzib, jinoiy uyushmaga rahbarlik qilganligi, respublikaning sanoat korxonalarida faoliyat yuritib, unga jinoiy yo‘l bilan orttirilgan daromaddan ulush berib turgan yana bir uyushgan jinoiy guruhga rahbarlik qilganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, jinoiy ish materiallariga ko‘ra, G.Karimova fuqarolarga va turli kompaniyalar egalariga bosim o‘tkazish va qo‘rqitish yo‘li bilan o‘zlarining mulklarini unga qarashli kompaniyalarga qayta rasmiylashtirib berishga majburlagan.

Ish bo‘yicha tergov davomida Gulnora Karimovaning qonuniy huquq va manfaatlarini u va uning yaqin qarindoshlari tomonidan jalb etilgan 7 nafar advokat himoya qilgan.

Oldin ko‘rilgan jinoiy ishlar, shuningdek, so‘nggi jinoiy ish doirasida yetkazilgan zarar miqdori 3,8 trillion so‘m va 165 million AQSh dollarini tashkil etgan.

Xorijiy davlatlarda olib borilayotgan tergov materiallari va rasmiy manbalarda keltirilishicha, G.Karimova va unga aloqador shaxslar tomonidan Latviya, Shveysariya, Fransiya, Shvetsiya, Niderlandiya va ehtimol boshqa davlatlarda jinoiy yo‘l bilan orttirilgan mablag‘larni yuvish bo‘yicha noqonuniy korrupsion sxemalar amalga oshirilgan.

Qayd etilishicha, mulklarni qaytarish bo‘yicha barcha muzokaralar va tadbirlar rasmiy darajada O‘zbekiston qonunchiligi va xalqaro huquq normalariga muvofiq olib borilmoqda.

Gulnara Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Ozodlik evaziga nimalarga tayyor: Karimova O‘zbekiston prezidentiga maktub yozdi

“Xususan, Bosh prokuratura va Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekistonning vakolatli idoralari ishtirokida G.Karimova tomonidan jinoiy yo‘l bilan orttirilgan 1,3 milliard AQSh dollaridan ortiq miqdordagi mulklarni qaytarish bo‘yicha Shveysariya, Fransiya, Rossiya Federatsiyasi va boshqa davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.

Mazkur mulklar xorijiy davlatlarning vakolatli organlari tomonidan hibsga olinganligi munosabati bilan, ular anchadan buyon G.Karimova (uning oila a’zolari) tasarrufida emas.

Shu bois, O‘zbekistonga mulklarni G.Karimovaning o‘zi qaytarganligi yoki qolgan mulklar bevosita G.Karimova yoxud boshqa alohida shaxslar tomonidan qaytarilishi mumkinligi haqidagi ta’kidlar huquqiy asosga ega emas va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi",-  deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 18-mart kuni Gulnora Karimova va u tomonidan tashkil etilgan jinoiy uyushma a’zolariga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi. Sud hukmi bilan Gulnora Karimovaga 13-yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Yangiliklar lentasi
0