Koronavirus yopgan chegaralar tufayli yuzlab o‘zbekistonliklar Qozog‘iston hududida qolmoqda

© © SputnikPogranichniy punkt, arxivnoe foto
Pogranichniy punkt, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda Qozog‘iston hududidan O‘zbekiston tomonga o‘tishda muammolarga duch kelayotgan migrantlar soni bir necha yuz kishini tashkil etadi

TOShKENT, 24 mar – Sputnik. Qozog‘istonning Jibek-joli chegara bekatida shu kunlarda 600ga yaqin fuqarolar O‘zbekistonga o‘tkazilgan. Ammo allaqachon yana yuzlab migrantlardan iborat navbat hosil bo‘lgan, deb xabar qildi Sputnik muxbiriga Qozog‘iston ӯzbeklari dӯstlik jamiyati raisi Ikrom Xoshimjonov.

© Foto iz sosseteySituatsiya na kazaxsko-uzbekskoy granitse
Koronavirus yopgan chegaralar tufayli yuzlab o‘zbekistonliklar Qozog‘iston hududida qolmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Situatsiya na kazaxsko-uzbekskoy granitse

Eslatib o‘tamiz, 15-mart kuni O‘zbekistonda ilk koronavirus bilan bog‘liq holat qayd etilgach, kasallikning mamlakat hududida tarqalishini oldini olish maqsadida O‘zbekiston hukumati 16-martdan boshlab davlat chegarasi orqali o‘tuvchi va yo‘lovchi tashuvchi transport vositalari harakatini vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha qaror qabul qilgan edi.

Militseyskaya mashina - Sputnik O‘zbekiston
Istanbul-Toshkent reysi bilan kelgan tojikistonliklar qidirilmoqda

Ushbu cheklovlar tufayli bugungi kunda vatanga qaytayotgan ko‘plab migrantlar chegarada qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Ijtimoiy tarmoqda ushbu holat bo‘yicha tarqalgan videoda aks etishicha, to‘plangan migrantlarga tushuntirish berayotgan qozog‘istonlik fuqaro “ayni vaqtda O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi O‘zbekiston hukumati bilan muammoga duch kelgan fuqarolarga yordam berish bo‘yicha choralarni ko‘rayotgani va tez fursatda buyruq chiqarilishini” ma’lum qiladi.

Shuningdek, u to‘planganlarni ajiotaj qilmaslikka va O‘zbekiston tomoni chiqaradigan hukmni sabr bilan kutishga chaqiradi.
“Bilaman, hammangizni oilangiz, bola-chaqangiz bor, uyga shoshayapsizlar, ammo men tezda konsul bilan bog‘lanib, vaziyat qachon yechim topishini bilib beraman”, - deydi migrantlarga murojaat qilgan qozog‘istonlik vakil.
Uning ushbu gapi uyiga shoshayotgan migrantlar tomonidan olqishlar bilan qarshi olinadi.

Shuningdek, Qozog‘iston tomoni chegarada qolayotgan migrantlarga imkoniyat yaratib berish maqsadida, politsiyachilar ham jalb etilganini ko‘rish mumkin.

Videoda hozircha chegaradan o‘ta olmay turgan migrantlarga qozog‘istonlik hoji onalar tomonidan oziq-ovqat ko‘rinishida ehsonlar tarqatilgani ham o‘z aksini topgan.

Yangiliklar lentasi
0