O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganlarning yoshi va jinsiga oydinlik kiritildi

© Sputnik / Vladislav VodnevProbirka s koronavirusom 2019-nCoV
Probirka s koronavirusom 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aniqlik kiritilishicha, bemorlardan 11 nafari o‘rta og‘irlikda bo‘lib, ulardan 5 nafari avvaldan surunkali kasalliklarga chalingan.

TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning 19 nafarini erkaklar, 30 nafarini xotin-qizlar tashkil etishini ma’lum qildi.

Ulardan 19 nafari erkak, 30 nafari xotin-qiz, shuningdek, 4 nafari voyaga yetmagan bolalardir. Yosh jihatdan qaraydigan bo‘lsak, 0-9 yoshgacha – 4 nafar, 10-19 yoshgacha – 1 nafar, 20-40 yoshgacha – 27 nafar, 40-50 yoshgacha – 7 nafar hamda 50-59 yoshgacha – 4 nafar, 60-70 yoshgacha bo‘lgan esa 6 nafarni tashkil etmoqda.

Aniqlik kiritilishicha, bemorlardan 11 nafari o‘rta og‘irlikda bo‘lib, ulardan 5 nafari avvaldan surunkali kasalliklarga chalingan.

Eslatib o‘tamiz, hozirda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 49 nafarni tashkil etmoqda.  Biroz avval Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatovn kasallik belgilari yo‘qolgan besh fuqaroga tez orada javob berilishini ma’lum qilgan edi. Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda epidemiologik surishtiruv hamda koronavirus infeksiyasining tarqalib ketmasligi uchun barcha profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0