Yana bir kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi

© Sputnik / Nina Alekseyeva / Mediabankka o‘tishMinzurka s biomaterialom vzataya u patsiyenta v poliklinike
Minzurka s biomaterialom vzataya u patsiyenta v poliklinike - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni paytgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 50 nafarni tashkil etmoqda.

TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Ayni paytgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 50 nafarni tashkil etmoqda, deb xabar qildi SSV matbuot xizmati.

Probirka s koronavirusom 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganlarning yoshi va jinsiga oydinlik kiritildi

Takidlanishicha, bu infeksiya xorijda bo‘lib qaytgan bemor bilan muloqotda bo‘lgan yana bir fuqaroda aniqlangan.

Bundan avval Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov kasallik belgilari yo‘qolgan besh fuqaroga tez orada javob berilishining ma’lum qilgan edi

Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda epidemiologik surishtiruv hamda koronavirus infeksiyasining tarqalib ketmasligi uchun barcha profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Butunjahon sog‘likni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus yangi turdagi koronavirus pandemiyasi tarqalishi tezligi oshganligi, dunyo bo‘yicha 300 mingdan ziyod holat kuzatilganini ma’lum qilgandi.

"Pandemiya tezligi oshmoqda. Birinchi qayd etilgan holatdan 100 minginchi holatga qadar 67 kun o‘tdi, oradan yana 11 kun o‘tib, 200 minginchi ko‘rsatkich qayd etilgan bo‘lsa, 4 kundan so‘ng ushbu raqamlar 300 mingga yetdi"- dedi JSST vakili.

 

Yangiliklar lentasi
0