Mashinalarini ro‘yxatdan o‘tkaza olmaganlarga vaqtincha ma’muriy chora ko‘rilmaydi

© Press-slujba MVD UzbekistanaInspektoram DPS v Tashkente v kachestve eksperimenta vidali novuyu formu
Inspektoram DPS v Tashkente v kachestve eksperimenta vidali novuyu formu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
24 martdan boshlab Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining qator bo‘lim va bo‘linmalarida fuqarolar qabuli vaqtincha to‘xtatilgan.

TOShKENT, 25 mar — Sputnik. O‘zbekistonda belgilangan muddatda avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkaza olmagan va texnik ko‘rikka taqdim qila olmagan fuqarolarga nisbatan vaqtincha ma’muriy choralar ko‘rilmaydi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar qilmoqda.

Karantin - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusning O‘zbekistonga yurishi: oddiy odamlar hayotida qanday o‘zgarishlar ro‘y berdi?

Ta’kidlanishicha, 2020-yil 24-martdan boshlab Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining Ma’muriy amaliyot, Ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish, Transport vositalarining texnik holati ustidan nazoratni tashkil etish (texnik ko‘rikdan o‘tkazish) bo‘lim va bo‘linmalarida fuqarolar qabuli vaqtincha to‘xtatildi.

Ushbu qaror respublikada koronavirus kasalligi tarqalishini oldini olish bo‘yicha karantin joriy qilinganligi munosabati bilan qabul qilingan.

Quyidagi havolada keltirilgan raqamlarga murojaat qilib, batafsil ma’lumot olish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0