Virus va epidemiyalar haqida eng mashhur filmlar - karantinda nima tomosha qilish mumkin

© KinopoiskFilm "Epidemiya"
Film Epidemiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Badiiy film tomosha qilish - nafaqat bo‘sh vaqtni qiziqarli o‘tkazish, balkim ayrim sohalarda chuqurroq bilim olish, tarixiy voqealarni o‘rganish yoki ilmiy nazariyalarga asoslangan fantastik asarlar bilan tanishishning eng oson yo‘li bo‘lishi mumkin.

TOShKENT, 25 mar - Sputnik. Koronavirus epidemiyasi paydo bo‘lishi bilanoq odamlarda turli virus va epidemiyalarga bag‘ishlangan filmlarga nisbatan ham katta qiziqish paydo bo‘ldi desak xato bo‘lmaydi. Jahon kinematografiyasida virus kasalliklar haqida filmlar ko‘p bo‘lsada, asosiy mavzusi aynan virus tarqalishi yoki epidemiya bo‘lgan filmlar unchalik ko‘p emas ekan.

Shtamm Andromeda (The Andromeda Strain)

Film Shtamm Andromedi
Virus va epidemiyalar haqida eng mashhur filmlar - karantinda nima tomosha qilish mumkin - Sputnik O‘zbekiston
Film Shtamm Andromedi

1971 yilda AQShda suratga olingan ushbu film o‘zga sayyoradan Yer yuziga kelib qolgan mikrob haqida so‘z yuritiladi. Unda olimlar va harbiylar Yer yuziga kelib qolgan o‘zga sayyoralik virusga qarsh kurash olib borishadi.

Epidemiya (Outbreak)

Film "Epidemiya"
Virus va epidemiyalar haqida eng mashhur filmlar - karantinda nima tomosha qilish mumkin - Sputnik O‘zbekiston
Film "Epidemiya"

AQSh kinosonoati gullab-yashnagan 1995-yila suratga olingan ushbu film yuqumli kasalliklar haqida suratga olingan eng yorqin ta’sirli filmlardan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Dastin Xoffman, Morgan Friman hamda Kevin Speysi kabi yulduzlar ushbu filmni yanada qiziqarliroq qilishgan.

Lixoradka (Cabin Fever)

Film "Lixoradka"
Virus va epidemiyalar haqida eng mashhur filmlar - karantinda nima tomosha qilish mumkin - Sputnik O‘zbekiston
Film "Lixoradka"

Etni junjiktiruvchi “Qo‘rqinchli film” uslubida suratga olingan ushbu filmda bir guruh yoshlar o‘rmondagi uychaga dam olishga borishadi. U yerda ular zombilar o‘rnida o‘ta xavfli virusga duch kelishadi. 2003-yil Gollivud.

Tashuvchilar (Carriers)

Film "Nositeli"
Virus va epidemiyalar haqida eng mashhur filmlar - karantinda nima tomosha qilish mumkin - Sputnik O‘zbekiston
Film "Nositeli"

2008 yilda suratga olingan bu film ham qo‘rqinchli sahnalarga boydir. Tirik qolishga harakat qilayotgan qahramonlar og‘ir virusdan “o‘lib borayotgan Amerikani” u boshidan bu boshigacha avtomobilda kesib o‘tishadi.

Ko‘z ojizligi (Blindness)

Film "Slepota"
Virus va epidemiyalar haqida eng mashhur filmlar - karantinda nima tomosha qilish mumkin - Sputnik O‘zbekiston
Film "Slepota"

2008 yilda Kanada, Braziliya va Yaponiya kinoijodkorlari ishtirokida suratga olingan ushbu filmda virus odamlarni o‘ldirmaydi, lekin ularning ko‘zini ojiz qiladi. Buning oqibatida esa odamlar yovvoyilashib bir biriga tajovuz qila boshlaydi, insoniyat sivilizatsiyasining oxiri juda yaqindek tuyuladi.

Pandemiya 

Film "Pandemiya"
Virus va epidemiyalar haqida eng mashhur filmlar - karantinda nima tomosha qilish mumkin - Sputnik O‘zbekiston
Film "Pandemiya"

2009 yilda Yaponiyada suratga olingan ushbu filmda kasalxonalarda birida yangi o‘ta xavfli virus paydo bo‘ladi. Olimlar uni davolash uchun dori izlashga tushganda atrofdagilar birin ketin qirib keta boshlaydi.

Yuqumli kasallik (Contagion)

Film "Zarajenie"
Virus va epidemiyalar haqida eng mashhur filmlar - karantinda nima tomosha qilish mumkin - Sputnik O‘zbekiston
Film "Zarajenie"

2011 yilda AQShda suratga olingan rejisser Stiven Soderbergning ushbu filmi “Epidemiya” filmi kabi viruslar haqidagi filmlarning zamonaviy klassikasi hisoblanadi.

Unda qandaydir qimmat budjetli “chiroyli va ta’sirli” sahnalar bo‘lmasada, ilmiy ma’lumot va viruslar haqida realistik tushuncha beriladi. Film butun insoniyatga xavf solayotgan virusni to‘xtatish uchun olimlar olib borayotgan mehnati haqida.

Aktorlar ham biri biridan yaxshi: Mett Deymon, Lorens Fishborn, Djud Lou, Keyt Uinslet, Marion Kotiyar, Gvinet Peltrou.

Epidemiya (Los últimos días)

Film "Epidemiya"
Virus va epidemiyalar haqida eng mashhur filmlar - karantinda nima tomosha qilish mumkin - Sputnik O‘zbekiston
Film "Epidemiya"

2013 yilda  suratga olingan ushbu film bugungi kun real voyealariga o‘xshash. 

Unda odamlar yuqtirib olgan psixiologik kasallik tufayli uyidan ko‘chaga chiqa olmaydi. Film insoniyat ushbu o‘ziga xos “apokalipsis”dan  qanday qutilishi mumkinligi haqida. Film voqealari xarobaga aylangan Barselona shahrida bo‘lib o‘tadi.

Virus (Gamgi)

Film "Virus"
Virus va epidemiyalar haqida eng mashhur filmlar - karantinda nima tomosha qilish mumkin - Sputnik O‘zbekiston
Film "Virus"

2013 yilda suratga olingan ushbu kartinada Janubiy Koreyaliklar tasavvurida apokalipsis qanday ko‘rinishga ega ekanini ko‘rish mumkin. Ushbu kino “qo‘rqinchili” emas ko‘proq sarguzasht film janriga o‘xshaydi.

Kinopoisk va Maksim materiallari asosida tayyorlandi. 

Yangiliklar lentasi
0